Qozog‘istondagi konsertda ayol ro‘molini yechib, Presnyakovni o‘pmoqchi bo‘ldi (video)

Qozog‘istonning Olmaota shahrida rossiyalik taniqli xonanda Vladimir Presnyakovning konserti vaqtida noodatiy voqea yuz berdi. Tomoshabin ayollardan biri sahnaga chiqib, san’atkorni o‘pishga urindi. Bu haqda KrisPi | Kazaxstan xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda avval ro‘mol o‘ragan ayol sahna oldida raqsga tushayotgani ko‘rinadi. Keyin u xonandaga yaqinlashib, boshidagi ro‘molini yechadi va Presnyakovni o‘pmoqchi bo‘ladi. Biroq xonanda so‘nggi lahzada ortga chekinib, ayolning bu urinishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Mazkur holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayrim foydalanuvchilar ayolning xatti-harakatini tanqid qilgan bo‘lsa, boshqalar voqeaga hazil bilan munosabat bildirdi. Shuningdek, ayrimlar bu holat oldindan uyushtirilgan chiqish bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan. Biroq hozircha bu fikrni tasdiqlovchi ma’lumot yo‘q.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…