
Foto: sports.ru
Misr politsiyasi futbol yulduzi Muhammad Salohning qiyofasidagi yuz niqoblarni taqib olib o‘g‘rilik qilayotgan 4 kishini qo‘lga oldi.
19 may kuni Nasr shahrida politsiya xodimi Muhammad Saloh ko‘rinishidagi to‘rt kishining do‘kon eshigini buzib, ichkariga kirishga harakat qilayotganlarini payqab qoladi. Xodim yaqinlashgach ular qochib ketishgan. Lekin,ushbu o‘g‘rilar ushlandi va hibsga olindi.
Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, qo‘lga olinganlarning to‘rttalasi ham ishsiz odamlar ekan. Ular “do‘konlarni o‘maruvchi jinoiy guruh” tuzganlarini tan olishgan.
Politsiya “Saloh”larning to‘pponcha patronlari va yuz niqoblarini musodara qilgan. Ularga nisbatan jinoyat ishi ochilgan bo‘lib, o‘g‘rilar 3 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Futbol yulduzi Muhammad Saloh Misrda milliy qahramon darajasiga chiqqan. U Angliya Premer ligasining so‘nggi ikki mavsumida to‘purar bo‘ldi va o‘z jamoasi “Liverpul” bilan Yevropa chempionlar ligasi g‘olibiga aylandi.
Muhammad SalohMisr PolitsiyasiO‘g‘rilik JinoyatiYuz NiqobSport YulduziQamoq Jazosi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar