Janubiy Koreyada ayol ajrashgan kuni to‘y qilib, barchani hayratda qoldirdi

Janubiy Koreyada yashovchi 37 yoshli Cho Sin Yon rasman ajrashgan kunini oddiy sana sifatida emas, balki hayotidagi yangi bosqichning boshlanishi sifatida nishonladi. U hatto ushbu voqea munosabati bilan haqiqiy to‘yga o‘xshash bayram marosimini tashkil etdi.
Ayol tantana uchun oq rangli bayram libosini tanlab, yaqinlari va dugonalarini mehmonga chaqirdi. Dasturxonlar bezatilib, bayram torti tayyorlandi. Mehmonlar ishtirokida tort kesilib, quvnoq muhitda bayram o‘tkazildi.
Biroq marosimning eng ta’sirli lahzasi Cho Sin Yonning mehmonlar oldida so‘zga chiqishi bo‘ldi. U nutq so‘zlayotgan paytda ko‘z yoshlarini tiya olmagan.
Ushbu g‘ayrioddiy bayram aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, foydalanuvchilar o‘rtasida qizg‘in bahslarga sabab bo‘ldi.
Ayrimlar ayolning qarorini qo‘llab-quvvatlab, buni og‘ir davrdan keyin yangi hayotni boshlash va o‘zini qadrlash belgisi sifatida baholadi. Boshqalar esa ajrashuvni to‘y kabi nishonlashga nisbatan o‘z e’tirozlarini bildirishdi.
Shu tariqa, Cho Sin Yonning o‘ziga xos marosimi internetda turli fikrlarga sabab bo‘ldi. Kimdir buni erkinlik va yangi imkoniyatlar ramzi deb bilsa, yana kimdir bunday bayramni ortiqcha deb hisoblamoqda.






























Izohlar 0
…