09:30 / 15.11.2020
2 671

Armaniston MXX: Nikol Pashinyanga suiqasdning oldi olindi

Armaniston MXX: Nikol Pashinyanga suiqasdning oldi olindi
Foto: RIA "Novosti"
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanga suiqasd qilishga urinishgan. Bu haqda mamlakat xavfsizlik xizmati saytida xabar berildi.

Tashkilot saytida yozilishicha, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning siyosiy raqiblari unga qarshi suiqasd uyushtirgan va mamlakat MXX o‘tkazgan tezkor tadbir davomida terakt bartaraf etilgan. A.M. ismli shaxs hukumatga qarshi ishlarni amalga oshirish maqsadida o‘z uyida qurollar, o‘qdori va boshqa turli xil portlovchi moddalar saqlab kelgan.

«Amaldagi hukumatga qarshi bo‘lgan siyosatchilar bilan kelishgan bu odam bosh vazirni lavozimidan uni o‘ldirish orqali mahrum qilishga uringan», deyiladi Armaniston MXX bayonotida.

Oldinroq Armaniston MXX sobiq rahbari, «Rodina» partiyasi yetakchisi Artur Vanetsyan ham aynan Nikol Pashinyanga suiqasd uyushtirishda yordam berish ayblovi bilan qo‘lga olingandi. Undan tashqari sobiq deputat Vagram Bagdasaryan, Armaniston revolyutsion federatsiyasi a’zosi A.A. va Sisian ko‘ngilli otryadi komandiri A.M. ham qo‘lga olingan.

Armaniston MXXning ma’lumotiga ko‘ra, qo‘lga olinganlarning uyidan pulemyot, granatamyot, snayper miltig‘i, katta miqdorda o‘qdori, detonator va turli xil portlovchilar topilgan.

Ma’lumot uchun, Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi jangda Armaniston taslim bo‘lganini e’lon qilgach, mamlakatda uning iste’fosini talab qilib o‘tkazilayotgan namoyishlar to‘xtamayapti.

Nikol Pashinyan 9 noyabr kuni jonli efirda armanistonliklarga murojaat qilib, Armaniston uchun taslim bo‘lishga qaror qilganini ma’lum qilgandi: «Men barcha shahidlarimiz oldida tiz cho‘kaman. Vatanini joni bilan himoya qilgan va qilayotgan barcha askarlarimiz, zobitlarimiz, generallarimiz, ko‘ngillilarimiz qarshisida bosh egaman. Biz oxirigacha kurashdik», degandi Pashinyan. Armaniston Tog‘li Qorabog‘dagi yirik shahar Shusha boy berilgandan keyin urushda taslim bo‘lganini tan olgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Armaniston MXX: Nikol Pashinyanga suiqasdning oldi olindi