20:00 / 30.11.2020
3 502

Ikkinchi turmushidan baxtini topgan Anupam Kxer va Kirron (foto)

Ikkinchi turmushidan baxtini topgan Anupam Kxer va Kirron (foto)
Foto: «Yandeks Dzen»
Bollivudning eng sevimli juftliklaridan biri bo‘lgan Anupam Kxer va Kirron Kxer haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Anupam drama maktabini bitirganidan keyin Mumbayga kelgan. U 1979 yilda turmush qurgan, ammo turmushi o‘xshamagan. Shu kabi Kirran ham biznesmen bilan oila qurgan va turmushidan o‘g‘il dunyoga keltirgan.

Foto: «Yandeks Dzen»
Ular Chandigarxdagi teatrda ishlayotganda tanishishgan. Bir-biri bilan do‘st tutingan juftlik vaqti kelib munosabatlari jiddiylashishi haqida o‘ylab ham ko‘rmagan. Kirran bergan intervyulardan birida u Anupamni yaxshi bilgani, aktyor Kirran haqida deyarli hech narsa bilmaganini ammo bu vaqtda o‘rtalarida do‘stlikdan boshqa narsa bo‘lmaganini ta’kidlagan. Aktrisa Mumbayga 1980 yilda kelgan va birinchi turmush o‘rtog‘ini uchratgan. Bir haftadan keyin turmush qurgan juftlik tez orada turmush borasida shoshilganini tushunib yetgan. Anupam va Kirran rol ijro qilish va xizmat safarlariga tashrif davomida bir-biriga iliqlik his qilgan, bilmagan holda bir-birini qattiq yaxshi ko‘rib qolishni boshlagan.

Foto: «Yandeks Dzen»
Birinchi bo‘lib aktyor sevgi izhor qilgan. U Kirranning oldiga borib o‘ylashimcha, men seni sevib qoldim, degan. Aktrisa birinchi turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan va aktyorga turmushga chiqqan. Tanishlari eng yaqin do‘stiga turmushga chiqqaniga ishonmagan. Qolaversa, ularning kelib chiqishi ham farqli bo‘lgan. Aktrisaning ota-bobolari feodal, oilasi esa o‘ziga to‘q bo‘lgan. Aktyor esa o‘rta, ammo baxtli oilaning farzandi, ota-onasi quvnoq va yaxshi insonlar bo‘lgan.

Foto: «Yandeks Dzen»
1985 yilda bo‘lib o‘tgan to‘y marosimida teatrdagi va umumiy tanishlar ishtirok etgan. Turmushning birinchi yillari baxtli kechgan, ular oilaviy sayohat qilgan. Bu vaqtda aktrisaning birinchi turmushidan bo‘lgan farzandi kichkina bo‘lgani sabab ijodiy tanaffus qilgan, ammo aktyor xorijdagi xizmat safarlariga rafiqasi va farzandini ham olib ketgan.

Foto: Getty Images
Hamma oilada bo‘lgani singari ularning hayotida ham muammolar kuzatilgan va bu moliyaviy krizis bilan bog‘liq bo‘lgan. Anupam prodyuserlik biznesini yo‘lga qo‘yaman deb katta pulga tushib qolgan va rafiqasi unga moliyaviy yordam berish uchun ishga qaytgan.

Foto: Getty Images
Kirron ekranga qaytganidan keyin unga bir qancha filmlardan taklif kelib tusha boshlagan va ulardan biri «Devdas» filmi bo‘lgan. Aktyorga bo‘lgan talab esa Kirrondan kamroq bo‘lgan. Rafiqasining undan ko‘proq ishlashi va pul topishi unga xush kelmagan.

Shundan keyin ular o‘rtasidagi munosabatlar darz ketgan. Ammo aktrisa bu uni kuchli qilgani, yolg‘iz yashash va sayohat qilishga o‘rgatganini ta’kidlaydi. Albatta, oson bo‘lmagan, ammo Kirron buning uddasidan chiqa olgan. «U bir-birimizga umuman mos kelmaymiz, menga tashkilotchilik va nazorat qilish xos, u esa bosiq va xotirjam. U tushlik taomidan keyin uxlashni, men esa dam olish va kitob o‘qishni ma’qul ko‘raman. Ammo biz barcha qiyinchiliklarni yenga olganmiz. Men Anupamdan romantikroq odamni bilmayman », — deydi aktrisa.

Foto: Getty Images
Anupam Kirronning birinchi farzandiga haqiqiy otalik qilgan. U voyaga yetganida o‘gay otasining familiyasini olgan va u kabi aktyorlik bilan shug‘ullanishga qaror qilgan. O‘rtalarida bo‘lib o‘tgan shuncha voqeadan keyin ham Anupam va Kirron hali hamon iliq va do‘stona munosabatda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ikkinchi turmushidan baxtini topgan Anupam Kxer va Kirron (foto)