Foto: “BFMTV”
Fransiyada koronavirusni zararsizlantiradigan niqob yaratildi. Bu haqda “BioSerenity” kompaniyasi maʼlum qildi. BFMTV telekanalining xabariga ko‘ra, himoya vositasini Lill universiteti shifoxonasi, Fransiya salomatlik va tibbiy tadqiqotlar milliy instituti hamda ilmiy tadqiqotlar milliy markazi mutaxassislari birgalikda ishlab chiqdilar.
Maʼlum qilinishicha, niqob havodagi viruslarni bloklab, halok qiladi. Ushbu bir martalik himoya vositasidan 40 soatgacha foydalanish mumkin.
Kompaniyaning taʼkidlashicha, virusni yo‘q qilish samaradorligini maxsus to‘qima qatlami taʼminlaydi. U virusni ikkita molekula — siklodestrin va to‘rtlamchi ammiak yordamida yo‘q qiladi.
Niqob 16 fevraldan sotuvga chiqarilgan. Narxi — 1,49 yevro. Keyinchalik ishlab chiqaruvchilar niqobning «jarrohlik namunasini» ishlab chiqarib, 44 sentdan sotishni rejalashtirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi
Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi