Kecha Rossiyaning Ukraina bilan chegarasidagi vaziyatni sharhlar ekan Polsha Mudofaa vaziri Mariush Blashak Vladimir Putinning siyosati Rossiya imperiyasini tiklashga qaratilganligini aytgan.
Polsha Mudofaa vazirligi rahbaridan Donbassdagi vaziyat haqida Polskiego Radia 24 efirida savol berilgan.
"Biz vaziyatni kuzatib turibmiz, — degan vazir. — Albatta, bizni sharqiy chegaradan tashqarida sodir bo‘layotgan voqealar juda qiziqtiradi. Prezident Putinning siyosati, shubhasiz, Rossiya imperiyasini tiklashga qaratilgan. Biz rus qo‘shinlarining 2008 yilda Gruziyada, 2014 yilda Ukrainada qanday ishlashini ko‘rdik. Bu harakat modeli edi".
2021 yildagi vaziyatga kelsak, Blashak "shundan beri juda ko‘p narsa o‘zgardi", deb hisoblaydi.
«Shimoliy Atlantika alyansi ixchamroq, NATOning sharqiy qanotida AQSH, Buyuk Britaniya, Ruminiya va Xorvatiya kabi ittifoqdosh davlatlarning kuchlari mavjud. Biz Latviya va Ruminiyada ham bormiz”, — degan vazir.
Blashak shuningdek, Amerikaning F-16 va F-15 samolyotlari Polshaga uch kun oldin yetib kelganini eslagan. "Biz birdamlik alomatlarini namoyish etamiz va shu bilan ehtimoliy agressorni qo‘rqita olamiz", — deya xulosa qilgan Polsha Milliy Mudofaa vazirligi rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?