Foto: «Turizm.world»
Tailandning qirollik ilmiy kengashi mamlakat poytaxtining xorijiy rasmiy nomi Bangkokdan Krung-Txep-Maxa-Nakxonga o‘zgartirilishini e’lon qildi.
Krung-Txep-Maxa-Nakxon — Tailand poytaxti tay tilida doim shunday atalgan, Bangkok esa tarixan uning xorijiy nomi sifatida shakllangan.
Hujjatda ta’kidlanishicha, har ikki nom — Bangkok hamda Krung-Txep-Maxa-Nakxon birdek ishlatilishi mumkin. Bangkokning yangi nomi maxsus qo‘mita tekshiruvidan so‘ng kuchga kiradi.
Ilmiy kengash «mavjud vaziyatni aks ettirish uchun» xalqaro geografik nomlar lug‘atida mamlakatlar, hududlar, ma’muriy zonalar va poytaxtlar nomlanishini yangilagan. Agarda Krung-Txep-Maxa-Nakxon poytaxtning rasmiy xorijiy nomiga aylansa, Bangkok qavas ichida yoziladi. Ayrim boshqa mamlakatlardagi poytaxtlar va geografik nomlarning yozilishi ham o‘zgartirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi