Foto: Nikkei.com
Qozog‘istonda mayning sohasining faol rivojlanishi 2019—2020 yillardan boshlangan edi — Qosim-Jo‘mart To‘qayevning 2020 yil 1 sentabrdagi murojaatnomasidayoq raqamli mayning yangi sanoatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish haqida gapirib o‘tgan edi.
- Biz Qozog‘istonning ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash bo‘yicha xalqaro serverlardan biriga aylanishiga xizmat qiluvchi qonunlarni ishlab chiqdik. O‘tgan yilning o‘zida raqamli mayning sohasi uchun 80 mlrd tengedan ziyod sarmoya jalb qilingan. Biroq bu bilan to‘xtab qolish emas, balki mamlakatga xalqaro raqamli gigantlarni olib kirish kerak. Yo‘qsa, bu ish boshqa davlatlar tomonidan amalga oshiriladi. Besh yil ichida ushbu sohaga qaratilgan sarmoyalar hajmini 500 mlrd tengegacha yetkazish kerak, – degan edi davlat rahbari o‘z chiqishida.
Yuz million dollarlab miqdordagi sarmoyalar qisqa fursatda rivojlangan sanoatga tikildi va butun respublika bo‘ylab mayning fermalari paydo bo‘la boshladi. 2021 yilning kuz mavsumidayoq Qozog‘iston kriptovalyuta chiqarish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqib oldi.
Biroq bu energiya sohasi rahbariyatini tashvishga soldi – mamlakatda eng tig‘iz yuklovlar paytida elektr energiyasi yetishmovchiligi kuzatila boshlandi. Tomonlar mavjud soha vazirligi va mayning sanoati vakillari vaziyatdan chiqish yo‘lini izlay boshlashdi.
2022 yilning 1 yanvaridan boshlab iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun 1 tenge miqdorida qo‘shimcha soliq to‘lovi maynerlar tomonidan so‘zsiz qabul qilindi. Bundan tashqari, ular bitta mayning-ferma uchun iste’molni 100 MVt gacha cheklashga ham tayyor edilar.
Energetika vazirligi xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan rasmiy uchrashuvda sanoat vakillari, yashirin yerto‘lalarda faoliyat yuritib, hech qanday soliq va tariflarni to‘lamaydigan va qo‘shimcha xarajatlarni o‘z zimmasiga olmaydigan «kul rang» maynerlar sonining ko‘payib borayotgani sohaning asosiy muammosi ekanligini ta’kidladi.
Biroq 2022 yili davlat amaldorlarining so‘zi anchayin qat’iylashdi: iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun qo‘shimcha soliqni 1 tengedan 10 tengegacha oshirish, shuningdek, import qilinadigan uskunalar uchun – har bir mayning qurilmasi uchun yiliga 10 baravar oylik hisob ko‘rsatkichigacha bo‘lgan qo‘shimcha bojlar joriy etish taklif qilindi.
Foto: InCrypted
2022 yil yanvar oyidan boshlab qonuniy mayning-fermalarning ko‘pchiligi, KEGOC operatori ixtiyoriga ko‘ra, elektr tarmog‘idan qisman yoki to‘liq uzilgan holda ishlab, o‘z faoliyatida jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechira boshladi.
Shu bilan birga, Energetika vazirligining yangi rahbari Bolat Akchulakov to‘g‘ridan-to‘g‘ri ravishda maynerlarni Qozog‘istonga taklif qilmaganini aytadi.
Respublikaning energetika tizimida uchrayotgan barcha muammolar maynerlarga yuklatilmoqda. Tadbirkorlarning ma’lum qismi bu ishorani tushunib, o‘z uskunalarini xorijga ko‘chirishni boshladi.
- Amaldorlarimiz tomonidan qilinayotgan ishlar shunchaki aqlga sig‘maydi, – deydi Qozog‘iston Respublikasi Blokcheyn-texnologiyalar assotsiatsiyasi rahbari Sapar Axmetov. – Ushbu sanoatning ijobiy tomonlaridan hali foydalanishga ham ulgurilmagan endigina oyoqqa turib kelayotgan sohani shunchaki olib yo‘q qilib yuborish noto‘g‘ri. Bunday harakatlar orqali xalqaro investorlar oldidagi o‘z obro‘yimizni yo‘qotamiz. Avvaliga, IT-soha, blokcheyn-texnologiyalarni rivojlantirish va sarmoyalarni jalb qilish kerak deymiz. So‘ng barchasini, hattoki qonundan tashqari darajada taqiqlab bo‘lsa ham, maynerlarning o‘z faoliyatini tugatishi uchun qo‘ldan kelgan barchasini amalga oshiramiz. Yanvar voqealaridan keyin mamlakatimizda sarmoya jalb qilinishi shundoq ham havas qilishga arzigulik emas, amaldorlarimiz esa mavjud vaziyatni yanada chuqurlashtirish bilan ovora. Davlat tomonidan qilinayotgan bunday ishlardan keyin ko‘pchilik Qozog‘istonga pul tikishga o‘ylanib qoladi, – deb qat’iy ta’kidlaydi u.
Axmetovning so‘zlariga ko‘ra, davlat organlari mamlakat iqtisodiyotiga foyda olib kelishi mumkin bo‘lgan sohaga bolta urishmoqda.
Mayning kriptovalyutalaridan keladigan soliqlar, elektr energiyasi bo‘yicha qo‘shimcha tariflar ko‘rinishidagi daromadlar hamda Qozog‘iston ishlab chiqarish sohasi uchun qurilish materiallari va elektr energiya uskunalari (kabellar, o‘tkazgichlar, transformatorlar, shitlar va boshqalar) xarajatlaridan tashqari, dunyoning ko‘plab mamlakatlari intilayotgan kriptobirjani yaratish orqali ulkan natijaga erishish mumkin edi.
Foto: CoinDesk
Mayning sanoati vakili Qozog‘istonda elektr energiyasi tanqisligi yuzaga kelganini tasdiqlaydi. Biroq mayning sohasi mamlakatdan butunlay chiqib ketgani bilan mavjud muammo yo‘qolib qolmaydi – elektr energiyasi tanqisligi bugunning emas, balki ertaning muammosidir.
- Mamlakat 30 yildan beri energetika tizimini rivojlantirishga umuman e’tibor qaratmaganligi uchun bizni ayblash to‘g‘ri emas. Bu – yechimi murakkab bir muammo ekanligini anglab yetish lozim. Biz soha vakillari sifatida yuzaga kelgan muammolarning hal qilinishini muhokama qilishga tayyormiz. Ishonchim komilki, ayrim investorlar elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonalarini, jumladan, qayta tiklanuvchan energiya rivojlanishiga sarmoya kiritishdan manfaatdor bo‘lgan bo‘lardi. Buning uchun muloqot olib borish, qandaydir bir to‘xtamga kelish zarur. Ammo bizning amaldorlarda energetika tizimini rivojlantirishga nafaqat xohish, balki ma’lum strategik g‘oyaning o‘zi yo‘q. Expo—2017 va uning «Kelajak energiyasi» shiorini yodga olaylik. Deyarli 5 yildirki kelishilgan ishlarning hech biri amalga oshirilmadi: bugungi kunda umumiy energiya balansining qaytda tiklanuvchan energiya hajmi 3-4 foizni tashkil qilmoqda, – deb yodga oladi Qozog‘iston Blokcheyn-texnologiyalar assotsiatsiyasi rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, faqatgina kulgiga olish Energetika vazirligining uylar yoki sanoat zonalaridagi «kul rang» maynerlarni aniqlashga imkoni yo‘qligini bildirishga majbur qiladi.
- Bu amaldorlarimizning kompetentlik darajasini ta’kidlaydi. Hovlilar va pod’ezdlar bo‘ylab kezib yurish, turli korxonalarda kutilmagan tekshiruvlarni olib borish shart emas. Mintaqaviy kompaniyalarning o‘zida u yoki bu ob’ektning ma’lum davrda qancha elektr energiyasi sarflaganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Agarda belgilangan miqdordan oshib ketish holati yuzaga kelsa-yu, faoliyatning o‘zgartirilishi haqida hech qanday ma’lumot kelib tushmagan bo‘lsagina, tekshiruvlarni olib borish, aybdorlarni qidirish va qonuniy chora ko‘rish kerak bo‘ladi, – deydi u.
Rahbarning aytishicha, hozirgi kunda eng asosiysi – hamma: mayning faoliyati, Moliya vazirligi, Raqamli rivojlanish vazirligi, Energetika vazirligi vakillari va boshqa manfaatdor tomonlar bilan birga o‘tirib, umumiy strategiyani, ushbu sohaning rivojlanishi bo‘yicha yagona yo‘nalishni ishlab chiqish kerak.
Har oy faoliyat qoidalarini o‘zgartirish, yangi bojlar, soliqlar, taqiq va cheklovlarni tayinlash – rasmiy organlar tomonidan qilinadigan ishlar emas, – deb alohida ta’kidlaydi Sapar Axmetov.
Olmaota energetika va kommunikatsiyalar universitetining ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyati bo‘yicha prorektori Almaz Sauximovning aytishicha, maynerlar faoliyati energetika sohasidagi muammolarning kuchayishiga shunchaki bir turtki bo‘lgan.
- So‘ngi yillarda mamlakatimizda energiya iste’moli darajasi yiliga o‘sdi, 2021 yili esa u oldingi ko‘rsatkichni ikki-uch baravarga oshirib yubordi. Hattoki yangi energiya ishlab chiqaruvchilarning harakatlari ham bunday tezkor vaziyatni o‘nglashga ulgurmadi, shunday ekan mavjud vaziyat bilan yaqin ikki-uch yil ichida tanqislikka yana duch kelishimiz mumkin bo‘lardi. Bundan tashqari, energetika tizimimizdagi muammo shundaki, mamlakat janubida sanoat va aholi sonining o‘sishi hisobiga elektr energiyasi iste’moli hajmining yuqori o‘sishi kuzatilmoqda. Liniyalarga haddan ziyod og‘irlik tushgani bois elektr energiyasini Shimol-Janub energetika ko‘prigi orqali bugungidan ko‘ra kattaroq hajmda uzatishning iloji yo‘q. Rossiya davlatidan qo‘shimcha kilovatt soatlar sotib olishimiz va ularni ushbu yo‘nalish bo‘ylab o‘tkazishimiz ham mumkin edi, biroq katta hajmli yuklovlar tufayli buni amalga oshirishning iloji yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, mazkur vaziyatdan chiqishning bir necha yo‘li mavjud. Yoki ikkinchi – Shimol-Janub zaxira liniyasini, yoki yangi G‘arb-Janub liniyasini qurish kerak, – deydi mutaxassis. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi