Bu qish O‘zbekistonda “svet” o‘chmaydimi? Energetika vazirligi izoh berdi

Bu qish O‘zbekistonda “svet” o‘chmaydimi? Energetika vazirligi izoh berdi

Energetika vazirligi O‘zbekistonda joriy kuz-qish mavsumida elektr energiyasi rejadan tashqari o‘chirilmasligini ma’lum qildi. Vazirlik vakilining ta’kidlashicha, elektr tarmoqlari qishki mavsumga tayyor holatga keltirilgan.

Shu bilan birga, eskirgan uskunalarni yangilash va ta’mirlash ishlari olib borilayotganda ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatilishi mumkin. Bunday holatlarda aholi oldindan ogohlantirilishi aytilgan.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda elektr ta’minoti bilan bog‘liq shikoyatlar 40 foizga kamayib, 44 mingtani tashkil etgan. Elektr uzilishlari bo‘yicha murojaatlar soni esa qariyb ikki baravar qisqargan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar