Dollar kursi 12 ming so‘mdan oshdi

Markaziy bank 8 iyun kuni amal qiladigan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi rasmiy kurslarini e’lon qildi.
Ma’lutmotga ko‘ra,
- AQSH dollari 52,23 so‘mga qimmatlashib, 12 049,44 so‘mni tashkil etdi.
- Yevro ham o‘sish qayd etib, 75,18 so‘mga ko‘tarildi va 14 024,34 so‘mga yetdi.
- Rossiya rubli esa 2,4 so‘mga oshib, 163,92 so‘m darajasida belgilandi.
Ma’lumot uchun, bundan avval dollar kursi ketma-ket ikki kun davomida o‘sib, 11 997,21 so‘mga yetgan edi. Shu tariqa, valyuta kursi 2 iyun kuni 12 ming so‘mdan pastlaganidan keyin yana ushbu psixologik chegaradan yuqori ko‘tarildi.


























Izohlar 0
…