Farg‘onada suv havzasidagi baxtsiz hodisa o‘lim bilan yakunlandi

Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida joylashgan fermer xo‘jaliklaridan birida fojiali voqea sodir bo‘ldi. Membranali suv havzasiga tushib ketgan fuqaroning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 3 iyun kuni ro‘y bergan. Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligida keng foydalanilayotgan membranali suv havzalarida shunga o‘xshash ko‘ngilsiz holatlar bir necha bor kuzatilgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday suv omborlarining ichki qismi maxsus sirpanchiq qoplama bilan qoplangan bo‘ladi. Shu sababli tasodifan suvga tushib ketgan insonlar mustaqil ravishda sohilga chiqishda jiddiy qiyinchilikka duch keladi. Ayniqsa, qutqaruv vositalari mavjud bo‘lmagan hollarda xavf yanada ortadim





























Izohlar 0
…