Kripto olamidagi eng boy 10 shaxs ma’lum bo‘ldi

Kripto olamidagi eng boy 10 shaxs ma’lum bo‘ldi
Qisqacha

On-chain ma'lumotlariga ko'ra, kriptovalyuta bozoridagi eng yirik shaxsiy boyliklar dasturchilar, tadbirkorlar va sohaning ilk ishtirokchilari qo'lida jamlangani ma'lum qilindi. Reytingning birinchi pog'onasini boyligi taxminan 69 milliard dollarga baholanayotgan Bitcoin yaratuvchisi Satoshi Nakamoto egalladi. Ikkinchi o'rinda kriptoaktivlari qiymati 2,7 milliard dollar bo'lgan TRON loyihasi asoschisi Jastin San qayd etildi.

On-chain ma’lumotlariga ko‘ra, kriptovalyuta bozoridagi eng katta shaxsiy boyliklar dasturchilar, tadbirkorlar va sohaning ilk ishtirokchilari qo‘lida jamlangan.

Reytingning birinchi pog‘onasidan Bitcoin yaratuvchisi sifatida tanilgan Satoshi Nakamoto o‘rin olgan.

Uning boyligi taxminan 69 milliard dollarga baholanmoqda. Bu mablag‘ asosan 2009–2010 yillarda qazib olingan Bitcoin hisobidan shakllangan.

Ikkinchi o‘rinda TRON loyihasi asoschisi Jastin San qayd etilgan. Uning kriptoaktivlari qiymati 2,7 milliard dollar deb baholanmoqda.

Uchinchi o‘rinni uelslik IT mutaxassisi Jeyms Xauells egallagan. Uning yo‘qolgan qattiq diskda saqlangan Bitcoin aktivlari bugungi kunda taxminan 500 million dollarga teng.

Ro‘yxatning keyingi o‘rinlaridan dasturchi Stefan Tomas (440 million dollar), estoniyalik bankir Reyn Lohmus (425 million dollar) va Ethereum asoschisi Vitalik Buterin (384 million dollar) joy olgan.

Shuningdek, irlandiyalik investor Klifton Kollinz 316 million dollar, F2Pool asoschilaridan biri Mao Shisin 166 million dollar boylik bilan reytingdan o‘rin egallagan.

Argentinalik tadbirkor Patrisio Vortxalterning kriptoaktivlari 107 million dollarga, investor Jeyms Fikelning boyligi esa 66 million dollarga baholanmoqda.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, mazkur hisob-kitoblar ochiq blokcheyn ma’lumotlari asosida tuzilgan bo‘lib, shaxslarning barcha moliyaviy aktivlarini emas, faqat aniqlangan kriptovalyuta zaxiralarini aks ettiradi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar