19:24 / 17.07.2024
623

Ruslan Nuriddinov Olimpiadadagi g‘alaba uchun berilgan 200 ming AQSH dollarini qayerga ishlatganini aytdi

Ruslan Nuriddinov Olimpiadadagi g‘alaba uchun berilgan 200 ming AQSH dollarini qayerga ishlatganini aytdi
Foto: Getty Images
Braziliyada o‘tkazilgan Olimpiada chempioni, bir necha bor og‘ir atletika bo‘yicha Jahon hamda Osiyo chempioni Ruslan Nuriddinov Olimpiada g‘olibligi uchun berilgan 200 ming AQSH dollarini qayerga ishlatgani haqida ma’lumot berdi. Bu haqda sportchi “Olamsport” nashriga bergan intervyuda to‘xtalib o‘tdi.

Har qanday sportchi “tunnelcha fikrlash sindromi”ga uchraydi. Biz sportchilar buyruq bo‘yicha ishlashga o‘rganib qolganmiz. Kimdir bizga yo‘nalish bersa, shunga qarab harakat qilamiz, boshqacha fikrlay olmaymiz. Atrofdagi imkoniyatlarni ko‘ra olmaymiz. Menda ham shunday bo‘ldi”.

Sportchi qanday biznesga pullarini ajratgani hamda sohaga kirishdan oldin uni yaxshiroq o‘rganish kerakligi haqida gapirdi.

“Biznesni o‘rganib keyin kirishish kerak bo‘lgan ekan. Men esa “shu narsaning bozori chaqqonmi, bosamiz” degan fikr bilan pulimni tikkanman.

Birinchidan sarosimaga tushib qolar ekansiz: men avval buncha pulni ishlab topmaganman. Afsuski, o‘sha payt yonimda yomon odamlar bo‘lgan. Ularga ishonib bor pulimni yo‘qotdim. Kamiga minusga ham kirdim.

O‘sha payti qishloq xo‘jaligiga, go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarish biznesiga pulimni tikkandim”, deydi Ruslan Nuriddinov.

Eslatib o‘tamiz, Parij—2024 Olimpiadasida ham o‘zbekistonlik sportchilarga oltin medal uchun 200 ming, kumush—100 ming, bronza uchun 50 ming AQSH dollari mukofot puli va’da qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ruslan Nuriddinov Olimpiadadagi g‘alaba uchun berilgan 200 ming AQSH dollarini qayerga ishlatganini aytdi