
Foto: Dunyo
O‘zbekiston delegatsiyasining Navarraga (Ispaniya) tashrifi doirasida bir qator muhim uchrashuvlar va muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Energetika, qishloq xo‘jaligi, sayyohlik va avtomobilsozlik — asosiy yo‘nalishlar
Navarra prezidenti Mariya Chivite bilan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Qishloq xo‘jaligi, sayyohlik, madaniy almashinuv, mehnat migratsiyasi kabi sohalarda aniq takliflar bildirildi.
Xususan, Navarraning qurilish va agrosanoat sohalarida o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Enhol Group: Qoraqalpog‘istonda quyosh va shamol energiyasi
Enhol Group rahbarlari bilan suhbatlarda asosiy e’tibor Qoraqalpog‘istonda quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish, “Amu-Buxoro” kanal nasoslarini qayta tiklanuvchi energiya bilan ta’minlash masalalariga qaratildi.
Kompaniya O‘zbekistonda barqaror “yashil energiya” loyihalari, logistika zanjirlarini kengaytirish va yangi quvvatlar yaratishga qiziqish bildirdi.
KWD Auto: avtomobil qismlari ishlab chiqarishda kooperatsiya
KWD Auto kompaniyasi mutaxassislari O‘zbekiston korxonalari bilan kooperatsiya va Jizzax EIZ tajribasini o‘rganishdan manfaatdor ekanini bildirdi. Maqsad — avtomobil butlovchi qismlarini hamkorlikda ishlab chiqarish.
Tibbiyot va farmatsevtikada akademik almashinuv
Navarra universiteti rektori Mariya Iraburu bilan uchrashuvda tibbiyot, farmatsevtika va biznes sohalarida akademik almashinuv, qo‘shma ilmiy loyihalar va amaliyotlar tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi.
Ushbu tashabbuslarni ro‘yobga chiqarish maqsadida O‘zbekistonning tegishli idoralari ishtirokida videokonferensiya o‘tkazishga kelishib olindi.
Siz nima deb o‘ylaysiz: o‘zbekistonlik mutaxassislarni Yevropa bozoriga chiqarish vaqti kelmadimi? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar