Shifokorlar uch yoshli bolaning oshqozonidan sirg‘a borligini aniqladi

Tibbiy yordamga murojaat qilingach, shifokorlar uch yoshli bolani to‘liq tekshiruvdan o‘tkazdi. Dastlabki ko‘rikdan so‘ng bolaning yot jism yutib yuborgani taxmin qilingan.
Rentgen tekshiruvi davomida bolaning oshqozonining boshlang‘ich qismida sirg‘a borligi aniqlangan. Mutaxassislar yot jismning joylashuvi va holatini nazorat ostiga olgan.
Ma’lum qilinishicha, shifokorlar yaqin vaqt ichida sirg‘ani FGDS usuli yordamida olib tashlashni rejalashtirmoqda. Ayni paytda bolaning ahvoli shifokorlar kuzatuvida qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing