Qashqadaryoda har 5 daqiqada bitta chaqaloq dunyoga kelmoqda

Qashqadaryoda har 5 daqiqada bitta chaqaloq dunyoga kelmoqda

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida Qashqadaryo viloyatida 72 508 ta tirik tug‘ilish holati qayd etilgan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, yilning dastlabki to‘qqiz oyida viloyatda bir kunda o‘rtacha 265–266 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Bu esa taxminan har 5 daqiqa 25 soniyada bitta bola tug‘ilganini anglatadi.

Tug‘ilishlar soni bo‘yicha Qashqadaryo viloyati respublika hududlari orasida ikkinchi o‘rinni egallagan. Birinchi o‘rinda 77 537 ta tug‘ilish qayd etilgan Samarqand viloyati, uchinchi o‘rinda esa 71 437 ta ko‘rsatkich bilan Farg‘ona viloyati turibdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar