Sirdaryo viloyatida chaqaloq “Tez yordam” mashinasida dunyoga keldi

Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida homilador ayol shifoxonaga yetib bormasdan, "Tez yordam" avtomobilida farzandini dunyoga keltirdi. Tibbiyot xodimlari tomonidan qabul qilingan tug‘ruq natijasida sog‘lom qizaloq tug‘ildi.
Voqea 1 noyabr kuni tungi soat 03:30 atrofida sodir bo‘lgan. Homilador ayolni shifoxonaga olib ketayotgan tibbiyot xodimlari yo‘lda uning to‘lg‘oqlari kuchayganini payqashgan. Manzilga yetib borishga vaqt bo‘lmagani sababli tug‘ruqni avtomobilning o‘zida qabul qilishga qaror qilingan.
Navbatchi shifokor Xonsuluv Masrurova va feldsher Salima Mavlonova zarur tibbiy yordam ko‘rsatib, tug‘ruqni muvaffaqiyatli qabul qilishgan. Natijada ona va chaqaloq uchun muhim bo‘lgan ushbu jarayon "Tez yordam" mashinasida yakunlangan.
Tibbiyot xodimlarining tezkor va professional harakatlari tufayli sog‘lom qizaloq dunyoga kelgan.































Izohlar 0
…