Samarqandda ayol 4 kunlik chaqalog‘ini 85 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi

2 daqiqa o'qish0
Samarqandda ayol 4 kunlik chaqalog‘ini 85 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi

Samarqandda endigina 4 kunlik bo‘lgan o‘g‘lini 85 ming AQSH dollariga sotishga uringan ayolga nisbatan sud hukmi chiqarildi. Unga 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan bo‘lsa-da, sud jazoni shartli qo‘llab, ayolga 3 yillik sinov muddati belgiladi.

Aniqlanishicha, 1999 yilda tug‘ilgan ayol Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalaridan birining 5-bosqich talabasi bo‘lgan. U 2025 yil noyabr oyida uchinchi farzandiga homilador bo‘lgan. Turmush o‘rtog‘i bilan kelishmovchiliklar sabab ota-onasining uyida yashab kelgan.

2026 yil iyul oyi boshida ayol Telegram’dagi «Surrogat ona» guruhiga qo‘shilgan. Ko‘p o‘tmay, o‘zini guruh administratori sifatida tanishtirgan shaxs u bilan bog‘lanib, farzand ko‘rishni istayotgan va chaqaloq uchun 70–90 ming AQSH dollari to‘lashga tayyor oila borligini bildirgan.

Dastlab tomonlar o‘rtasida hali tug‘ilmagan bolani sotish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Biroq ayol iyul oyida o‘g‘il farzandli bo‘lgach, chaqalog‘ini sotish fikridan qaytgan. Shundan so‘ng u bilan bog‘langan shaxs ayolni internetda firibgar sifatida sharmanda qilish bilan qo‘rqitgan. Natijada ayol yana kelishuvga rozi bo‘lgan.

2026 yil 25 iyul kuni ayol Samarqand shahridagi 1-sonli tug‘ruqxonaga yotqizilgan. 29 iyul kuni, ya’ni chaqaloq to‘rt kunlik bo‘lganida, u bolani tug‘ruqxonadan olib chiqib, xaridorlar bilan uchrashgan. Ular chaqaloq uchun 85 ming dollar taklif qilgan.

Ayol pulni olayotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Sud hujjatlarida qayd etilishicha, tezkor tadbir davomida jami 88 ming AQSH dollari ishlatilgan. Shundan 85 ming dollari chaqaloq uchun kelishilgan mablag‘, qolgan 3 ming dollari esa boshqa xarajatlar uchun mo‘ljallangan. Ashyoviy dalillar orasida haqiqiy pullar bilan birga maxsus tayyorlangan kupyuralar ham bo‘lgan.

Sud majlisida ayol aybiga iqror bo‘lib, qilmishidan pushaymonligini bildirgan. U uch nafar farzandi borligi va oilaviy sharoitini inobatga olib, o‘ziga nisbatan yengilroq jazo tayinlashni so‘ragan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi ayolni odam savdosida aybdor deb topib, Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan unga 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan. Biroq sud uning qaramog‘ida uch nafar farzandi borligi, sog‘lig‘i yomonlashgani va qilmishidan pushaymonligini hisobga olgan.

Natijada Jinoyat kodeksining 72-moddasiga asosan tayinlangan jazo shartli deb belgilangan va ayolga 3 yillik sinov muddati tayinlangan. Shu tariqa, u 7 yillik qamoq jazosini amalda o‘tamasdan, sinov muddati davomida ozodlikda qoladigan bo‘ldi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?