Sotilgan uy yana boshqa shaxsga sotib yuborilgani aniqlandi

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida yirik miqdordagi firibgarlik holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 1986 va 1987 yillarda tug‘ilgan Zafarjon I. va Zakir I. uy savdosi bilan bog‘liq firibgarlikda gumonlanmoqda.
Aniqlanishicha, ular Uchtepa tumanida yashovchi fuqaroga uyni 900 ming AQSH dollariga sotish bo‘yicha kelishuv tuzgan.
Xaridordan 363 ming AQSH dollari miqdorida oldindan to‘lov olingandan so‘ng, sotuvchilar aloqani uzgan.
Tergov jarayonida mazkur uy avvalroq boshqa shaxsga sotib yuborilgani ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi («Firibgarlik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent shahar IIBB fuqarolarga ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimlarini faqat vakolatli organlar orqali rasmiylashtirishni tavsiya qildi.
Shuningdek, mablag‘larni o‘tkazishdan avval barcha hujjatlarning qonuniyligi va haqiqiyligini sinchiklab tekshirish zarurligi eslatildi.





























Izohlar 0
…