Uchtepada issiq suv 18 oktyabrgacha vaqtincha o‘chiriladi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida 2026 yil 12 oktyabrdan 18 oktyabrga qadar issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Cheklovlar 2026 yil uchun belgilangan rejali profilaktika ishlari bilan bog‘liq.
Issiq suv ta’minotidagi uzilish IM-5 qozonxonalari xizmat ko‘rsatadigan hududlarga taalluqli. Jami 25 ta mahalladagi aholi ushbu cheklovdan ta’sirlanadi.
Issiq suv vaqtincha o‘chiriladigan mahallalar ro‘yxati:
• «Guzar»
• «Qo‘rg‘ontepa»
• «Xuroson»
• «Zargarlik»
• «Ko‘hna Cho‘ponota»
«Bog‘iston»
• «Bog‘obod»
• «Birlik»
• «Nayman»
• «Farhod»
• «Tinchlikobod»
• «Vatan»
• «Vatanparvar»
• «Hamdo‘st»
• «Nurobod»
• «Shirin»
• «Diydor»
• «A. Sog‘uniy»
• «Diyorobod»
• «Yangiyo‘l»
• «Foziltepa»
• «Zulfizar»
• «Xurshid»
• «Ko‘rkamobod»
• «Quyi Darxon»
Rejali profilaktika ishlari yakunlanganidan so‘ng issiq suv ta’minoti 2026 yil 18 oktyabrda qayta tiklanishi belgilangan.































Izohlar 0
…