Farg‘onadagi YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qilishicha, bugun, 14 iyun kuni O‘zbekiston tumanida Lacetti-2 va yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2008 yilda tug‘ilgan haydovchi R.N. boshqaruvidagi Lacetti-2 quvib o‘tish qoidasiga amal qilmasdan qarshi yo‘nalishga chiqqan.
Shundan so‘ng avtomobil o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, 1973 yilda tug‘ilgan R.O. boshqaruvidagi Faw Tiger yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida Lacetti-2 haydovchisi R.N. va avtomashinada bo‘lgan 2007 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi Z.Sh. og‘ir jarohat olgan.
Ular shifoxonaga olib borilgan bo‘lsa-da, ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Farg‘ona viloyatining Quva tumanida Nexia-2 va Onix ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani xabar qilingan edi.
O‘sha hodisa oqibatida Nexia-2 avtomobilining 49 yoshli haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.






























Izohlar 0
…