Dubayga fohishalik uchun yuborilayotgan ayol qutqarib qolindi

Toshkent xalqaro aeroportida odam savdosining oldini oluvchi muhim operatsiya o'tkazildi. Ichki ishlar vazirligi ma'lum qilishicha, yigirma yoshli ayolni Dubayga fohishalik maqsadida yubormoqchi bo'lgan yigirma besh yoshli ayol qo'lga olindi. Gumonlanuvchi jabrlanuvchini yuqori maoshli ish borligi bilan aldab, ishonchiga kirgan. Tezkor tadbir natijasida ayol aeroportda daliliy ashyolar bilan ushlandi. Tergovda Dubayda yana bir o'zbekistonlik ayolning ishtiroki borligi aniqlangan. Hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining odam savdosiga oid moddasi bo'yicha ish qo'zg'atilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar jinoyatga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash va tergovga jalb qilish bo'yicha ishlarini davom ettirmoqda.
Toshkent xalqaro aeroportida 20 yoshli ayolni Dubayga fohishalik maqsadida yuborishga uringan 25 yoshli ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, Toshkent viloyatining Angren shahrida yashovchi 25 yoshli ayol Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida istiqomat qiluvchi tanishlari bilan jinoiy til biriktirib, oson daromad topish maqsadida Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanida yashovchi ayolning ishonchiga kirgan va uni aldov yo‘li bilan xorijga yuborishga uringan.
Gumonlanuvchi ushbu ayolni chet eldagi tanishida yuqori daromadli bir nechta bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligiga ishontirgan. U Toshkent xalqaro aeroporti orqali Dubay shahriga shahvoniy ekspluatatsiya va fohishalik maqsadida yuborilayotgan vaqtda tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Tergov davomida ma’lum bo‘lishicha, jabrlanuvchini Dubay shahrida yashovchi yana bir o‘zbekistonlik ayol kutib olishi kerak bo‘lgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi, ya’ni odam savdosi bilan bog‘liq 2-qism “d” va “k” bandlari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.
Shuningdek, ushbu jinoyatga aloqador bo‘lgan boshqa shaxslarni aniqlash hamda ularni tergovga jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar olib borilmoqda.






























Izohlar 0
…