Quvib o‘tishga uringan Damas haydovchisi uchib ketdi

Quvib o‘tishga uringan Damas haydovchisi uchib ketdi

Samarqand viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Voqea vaqtida Damas haydovchisining xavfli manyovri og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 9 iyun kuni soat 18:10 atrofida Paxtachi tumanidagi Mirza Olim mahallasi hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 138-kilometrida ro‘y bergan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1991 yilda tug‘ilgan haydovchi Damas rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, o‘zidan oldin harakatlanayotgan transport vositalarini ortda qoldirish maqsadida asfalt qoplamasi mavjud bo‘lmagan yo‘l yoqasidan harakatlangan.

Biroq yuqori tezlik va noto‘g‘ri tanlangan manyovr oqibatida haydovchi avtomobil ustidan nazoratni yo‘qotgan. Natijada Damas shu yo‘nalishda harakatlanayotgan yuk avtomobilining orqa qismiga kelib qattiq zarb bilan urilgan.

To‘qnashuv ta’siri shu qadar kuchli bo‘lganki, haydovchi tan jarohatlari olgan holda shifoxonaga olib ketilgan. Hodisa aks etgan videolar esa ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Kamola Shuhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar