Andijonda “Chikko” qo‘lga olindi: tovlamachilik guruhi fosh etildi

Andijonda “Chikko” qo‘lga olindi: tovlamachilik guruhi fosh etildi

Andijon viloyatida fuqarolarni qo‘rqitib, pul undirish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, guruhga 34 yoshli, “Chikko” laqabi bilan tanilgan shaxs boshchilik qilgan. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida u bilan birga 28 va 29 yoshli ikki nafar sherigi ham qo‘lga olingan.

Tergov jarayonida aniqlanishicha, guruh a’zolari fuqarolarni turli yo‘llar bilan chalg‘itib, keyinchalik ularni qo‘rqitish va bosim o‘tkazish orqali pul talab qilgan. Xususan, holatlardan birida ular qiymati 1800 dollarga teng bo‘lgan ikkita iPhone 16 Pro smartfonini mijozga ikki oy muddatga qarzga sotishgan.

Oradan vaqt o‘tib, ular mijozga qo‘ng‘iroq qilib, go‘yoki to‘lov muddati ikki kun kechikkanini vaj qilib, asl kelishilgan summadan ikki barobar ko‘proq — 3800 dollar talab qilgan. Bu orqali ular noqonuniy yo‘l bilan daromad orttirishga uringan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar fuqarolarni bunday firibgarlik va tovlamachilik holatlaridan ehtiyot bo‘lishga chaqirmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar