Munisa Rizayeva to‘y narxlarini ochiqladi: ijtimoiy tarmoqlarda bahslar boshlandi

Munisa Rizayeva to‘y narxlarini ochiqladi: ijtimoiy tarmoqlarda bahslar boshlandi

Munisa Rizayeva “IntervyuTv” loyihasida ishtirok etib, to‘ylarga chiqish narxlari haqida ochiqchasiga gapirdi.

Suhbat davomida xonandadan “To‘yga qanchaga chiqasiz?” degan savol berilgan. Munisa Rizayeva esa narxlar hududga va sharoitga qarab farq qilishini ta’kidladi.

Uning aytishicha, Toshkent shahri uchun xizmat narxi o‘rtacha 1000 dollarni tashkil etadi. Viloyatlarga borib xizmat ko‘rsatish esa ancha qimmatroq — taxminan 5 mingdan 10 ming dollargacha baholanadi.

Xonandaning ushbu bayonoti ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Foydalanuvchilar orasida turli fikrlar bildirilib, ayrimlar bu narxlarni yuqori deb baholagan bo‘lsa, boshqalar san’atkor mehnati va mashhurligini inobatga olib, buni tabiiy hol deb hisoblamoqda.

Mazkur intervyu qisqa vaqt ichida ommalashib, muxlislar orasida qizg‘in bahs-munozaralarga turtki bo‘ldi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar