Dinozavrlar davridan qolgan noyob jonzot Buxoroda paydo bo‘ldi

Dinozavrlar davridan qolgan noyob jonzot Buxoroda paydo bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ma’lum bo‘lishicha, Buxorolik baliqchilar kutilmagan va hayratlanarli holatga guvoh bo‘lishdi. Ular qarmog‘iga oddiy baliq emas, balki million yillik tarixga ega, deyarli yo‘qolib ketish arafasida turgan noyob jonzot — Lopotonos (kurakburun) balig‘i ilinib qoldi.

Ma’lum bo‘lishicha, bu noyob baliq daryo oqimi orqali Buxoro hududidagi kanallardan biriga kelib qolgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu tur nafaqat O‘zbekiston, balki xalqaro miqyosdagi “Qizil kitob”ga ham kiritilgan bo‘lib, juda kam uchraydi.

Eng quvonarlisi, baliqchilar bu holatni shunchaki o‘lja sifatida ko‘rmagan. Ular jonzotni videoga olib, uning noyobligini tushungan holda zudlik bilan yana tabiiy muhitiga — suvga qaytarib yuborishgan.

Bu voqea ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otib, tabiatga mehr va mas’uliyat bilan qarashning yorqin namunasi sifatida baholanmoqda. Haqiqatan ham, bunday ongli yondashuv har qanday tahsinga loyiq.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar