Dunyoni hayratga solgan loyiha: hayvonsiz go‘sht yetishtiriladigan ilk ferma ishga tushirildi

Dunyoni hayratga solgan loyiha: hayvonsiz go‘sht yetishtiriladigan ilk ferma ishga tushirildi

Niderlandiyada oziq-ovqat sanoati uchun muhim yangiliklardan biri ro‘y berdi. Sxipluyden shahrida hayvonlarni so‘ymasdan go‘sht ishlab chiqarishga mo‘ljallangan dunyodagi ilk ferma ishga tushirildi.

Mazkur texnologiya tirik hayvonlardan olingan hujayralarni maxsus sharoitda ko‘paytirishga asoslangan. Hujayralar bioreaktorlarda o‘stiriladi va vaqt o‘tishi bilan mushak to‘qimasiga aylantiriladi.

Jarayon davomida olimlar harorat, kislorod va oziqa moddalari miqdorini nazorat qilib boradi. Natijada tuzilishi va ta’mi oddiy go‘shtga juda yaqin mahsulot olinishi aytilmoqda.

Mutaxassislar bunday usul orqali oqsil, yog‘ va boshqa oziq moddalari miqdorini ham aniq boshqarish mumkinligini ta’kidlamoqda.

Hozircha loyiha sinov bosqichida faoliyat yuritmoqda. Ferma to‘liq quvvat bilan ishlashni 2028 yilda boshlashi rejalashtirilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar