Qarzdorlikni undirish choralari ko‘rildi: noturar joy binosi xatlandi

Qarzdorlikni undirish choralari ko‘rildi: noturar joy binosi xatlandi

Majburiy ijro byurosining Zomin tuman bo‘limi ish yurituvidagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor «A.G.» xususiy korxonasining «Hududgaz ta’minot» foydasiga bo‘lgan qarzdorligini undirish yuzasidan tegishli ijro harakatlari olib borildi.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bo‘lgan noturar joy binosi xatlandi. Ushbu chora qarzdorlikni qoplash va ijro hujjati talablarining bajarilishini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.

Ta’kidlash joizki, qarzdorliklarni qonuniy tartibda undirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning majburiyatlarini bajarishini ta’minlash hamda sud hujjatlari ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash borasida Byuroning Zomin tuman bo‘limi tomonidan belgilangan tartibda ishlar davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar