Tadbirkorlarning manfaatlari qonun himoyasida

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning erkin faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining muhim omillaridan biridir. Shu bois, Majburiy ijro byurosi tomonidan ham tadbirkorlik subyektlarining buzilgan huquqlarini tiklash, ular foydasiga undirilishi lozim bo‘lgan qarzdorliklarni qonuniy tartibda undirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Nukus tumanlararo iqtisodiy sudining qaroriga asosan, qarzdor “B.B” davlat muassasasidan undiruvchi “H.B.K” mas’uliyati cheklangan jamiyat foydasiga 1,3 mlrd so‘m asosiy qarz undirish belgilangan. Ushbu sud qarori bo‘yicha chiqarilgan ijro hujjati Nukus shahar bo‘limiga kelib tushib, ijro hujjati ijrosini ta’minlash uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berildi. Sud qarorining ijrosini ta’minlamaslik oqibati tushuntirildi.
Natijada, amalga oshirilgan ijro harakatlari, jumladan, mol-mulkni xatlovdan o‘tkazish choralari o‘z samarasini ko‘rsatdi hamda barcha qarzdorlik butunlay qoplandi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…