Fuqaroning bank oldidagi qarzdorligi to‘liq bartaraf etildi

Fuqaroning bank oldidagi qarzdorligi to‘liq bartaraf etildi

Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning bir nechta ijro xatlari asosida qarzdor I.B.dan «ANOR BANK» AJ foydasiga 178 million so‘m qarzdorlik undirilishi belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi AMIB ish yurituviga kelib tushgan.

Davlat ijrochisi tomonidan ish qo‘zg‘atilib, qarzdorga ijro hujjati talablarini ixtiyoriy ravishda bajarish yuzasidan muddat berilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari natijasida «ANOR BANK» AJ foydasiga 178 million so‘m mablag‘ to‘liq undirilishi ta’minlandi.

Majburiy ijro byurosi tomonidan Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan sud va boshqa vakolatli organlar hujjatlarining o‘z vaqtida va samarali ijro etilishini ta’minlash borasida ishlar davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar