Ma’lumki, 2017 yil 1 avgust kuni har yili bo‘lgani kabi O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga kirish davlat imtihonlari - test sinovlari bo‘lib o‘tdi. Bu jarayonda kimningdir farzandi, yana kimningdir yaqini, qarindoshi, aka-uka, opa-singlisi bevosita abiturient sifatida qatnashdi.
Shu o‘rinda alohida ta’kidlash joizki, bu yilgi test jarayoni bitta OTMdan tashqari boshqa barchasida avvalgi shart-sharoitlarda tashkil etildi. Birgina Toshkent davlat yuridik universiteti Janubiy Koreyaning Inha universitetidan o‘rnak olgan holda test sinovlarini “O‘zekspomarkaz” binolarida o‘tkazdi.
Ushbu universitetga kirish testlari boshlanmasdan avval, jiddiy tekshiruvlar olib borildi. Hatto, 217 nafar abiturient testga kirish qoidalarini buzgani uchun imtihonga Yuridik universitet imtihonlariga kiritilmadi. Shuningdek, test jarayoni ilk bora onlayn namoyish etildi. Kun.uz sayti ham bunda hamkorlik qildi.
Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda turli universitet va institutlarda bo‘lib o‘tgan test imtihonlarining tashkil etilishi, o‘tkazilishi yuzasidan turli fikrlar bildirildi. Kimlardir bu yilgi test o‘tkazilishi qoidaga muvofiq bo‘lib o‘tganini ta’kidlasa, ayrimlar hammasi avvalgidek, “eski hammom, eski tos”ligini ta’kidladi. Quyida ijtimoiy tarmoqlarda test borasida bildirilgan turli fikrlardan iqtiboslar keltiramiz. Xususan, Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘idagi Maqsadlar YuLDUZI taxallusli foydalanuvchi kuyunchaklik bilan shunday yozadi:
Shpargalka, telefondan foydalanib o‘tirgan abiturientni ko‘rsatganimizda, nazoratchi basharamizga tirjayib, ajab bo‘pti deganday ishora qildi. Yana bittasi orqa partada uxlab o‘tirdi. Umuman haqqoniylik bo‘lmadi. Shunday ekan, odamni asabini buzib shaffof bo‘ldi, degan gaplarni yig‘ishtirish kerak OAV dagilar! Shuncha tayyorlanganim! Nizomiy Tarix fakulteti! Hech kimni tuzukroq tekshirmadiyam. Tezroq o‘tishi uchun hamma shoshayotgandek edi. Shuyam imtihonmi? Kollejda bundan yaxshi bo‘luvdi, hamma sharoitlar bor edi. Kirayotganda titib tashlashgandi.
Boshqa bir Instagramdagi foydalanuvchi test savollari oson bo‘lganini iddao etadi.
miss_ganiyeva@ test oson bo‘ldi, shpargalkadan ham foydalanishdi, atak shpargalka bilan o‘qishga kirishni nima keragi bor, ana o‘qiganlar indamay echayapti, qiyinmas ekan testlar, o‘zim ham ham ko‘rdim.
Aksariyati o‘zlari imtihon topshirgan universitet va institutlarda test jarayoni qaydarajada haqqoniy bo‘lishganini bildirishgan.
my_dream_is_to_fly_so_high: Jahon tillari universitetida nohaq imtihon bo‘ldi!! Imtihon haqqoniy va shaffofligini ta’minlash uchun qo‘yilgan kuzatuvchilar o‘zlari ba’zi bir abiturientlarga testini echib o‘tirishdi. Hurmatli Prezidentimizni virtual portaliga yozaman, desam ham hech kimni ko‘rmadi. Telefon olib kirishdi, chiqarvoring desam ham dalolatnoma tuzib chiqarib yuborishmadi. Boshqa kuzatuvchilarga tushib aytsam ham parvolariga ham olmadi. Bir haqiqat shuki, bizni yurtimizda ko‘p nohaqlik!!! V portal pojaluysta, ya uje sdelala. Nado mnogo chtob nashemu Prezidentu vse eto doshlo.
khassan0312: ToshMIdayam shu ahvol. Qatga ketti haqqoniy bo‘ladi, degan gaplar?
ibrohim_2398: Ko‘rdik-ko‘rdik, bir tiyinga qimmat, balandparvoz gaplar hammasi. Irrigasiyadayam shu ahvolu.
milliarder_rich: Sharqshunoslikni kelib ko‘rmabdida (Bosh vazir A. Aripov tashrifi haqida –tahr.). Spektakl qo‘yib berishdi-yu, shumi nazorati? Tupurdim man bunaqa o‘qishigayam, instutigayam, tekshiruvigayam, xullas. Portalga yozish kerak bularni.
saiamanapova: Da, segodnya v Ximiya Texnologicheskom toje bыla takaya je situasiya. Dve devochki zashli s telefonami i odin paren skazal chto napishet zayavlenie. Oni matom otobrali. U komissii bыla pofigisticheskaya otnoshenie. Abiturientы sideli obщalis mejdu soboy, shumeli, meshali ostalnыm, bыl bespridel. Mы nachali v 9:00, a uspokoilis v 10:00. Koroche bыl bardak. Kuda oni smotreli, neznayu a skolko pantov bыlo chto podrugomu budet. Lyudi tut godami gotovilis, a zdes oni gotovыmi shporami polzuyutsya.
ms_diadema: Bardak bo‘ldi-yu baribir, shu-shu o‘yin, komissiyasi ham bardak, telefon ishlatilayapti desa ham ko‘rmadik bizlar, deyishdi. Kak mojno tak, bu yil chestnыy bo‘ladi deyishdi, shumi chestnыylik qoyil unaqada.
ferdavsdonayev: Bularni haqiqati faqat qog‘ozda va og‘izda, amalda bo‘lmaydi haqiqat. Bo‘lsayam pokazuxa, haqiqat bormi bor, degan maqsadda. Bizdayam 3 ta aqlli tel olib kiribdi, nazoratchi 27 ta bolani gapini olmadi.
Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi o‘zbek segmentida ham 1 avgust kunidagi test imtihonlari borasida jiddiy va keskin muhokamalar bo‘ldi.
Dilorom Isakova: Hammasi quruq gap. Bunker, telefon, o‘rniga kirishlar bemalol bo‘ldi. Farzandim topshirdi, hammasini ko‘rdim, dedi. Akt ham tuzishmadi. Bu hammasi shou!!!
Sodiq Sobitjonov: Men bugun O‘zMUda imtihon topshirdim. Bu yil 3-marta. Birinchi marta imtihonlarni shaffof o‘tganini ko‘rdim.
Malohat Turg‘unova: Men ham O‘zMUda topshirdim. Hech qanday qoidabuzarlikni ko‘rmadim. Auditoriyalarda kuzatuv kameralari bor edi. Hamma o‘z bilimini haqqoniy sinovdan o‘tkazdi.
Mehrnoz Iskandar: E kimni aldaysizlar-a? Bunker ishladiku, shu Milliy degan Universitetda.
Bu kabi sharhlar, fikrlar, qarashlar va munosabatlarni ko‘plab keltirish mumkin. Shu munosabat bilan Kun.uz tahririyati ko‘plab universitetlar va institutlarda o‘tkazilgan imtihonlar (ya’ni bevosita bino va xonalarda, muxbirlarning unda kuzatuv olib borishi imkonsiz bo‘lgani sababli) qoidaga qanchalik muvofiq tashkil etilganini aniqlash maqsadida ijtimoiy so‘rovini o‘tkazishga qaror qildi.
Unda birgina “Siz hujjat topshirgan OTMda test jarayonlari qanday kechdi?”, - degan savol bilan o‘quvchilariga murojaat qildi. Savolga quyidagi olti savoldan biriga javob tanlash taklif etildi.
Telefon va shpargalkadan foydalanildi;
To‘la va shaffof o‘tdi;
“Bunker” bor edi;
Qoida va tartibga rioya qilindi;
Ayrimlarga tashqaridan yordam berildi;
Odatdagidek “parovoz”lar bo‘ldi.
Mazkur maqola yozilayotgan vaqtda “Telefon va shpargalkadan foydalanildi”, degan javobni 1 802 kishi tanlab, so‘rovda qatnashganlarning 41 foizini tashkil etdi.
“To‘la va shaffof o‘tdi” javobini 940 kishi belgiladi. Ular tadqiqotda ishtirok etganlarning 21 foizi demakdir. Shunday qilib, so‘rovning umumiy natijasi quyidagicha ko‘rinish oldi:
Aziz o‘quvchi, so‘rov natijalari bilan tanishdingiz. Xulosa chiqarish o‘zingizdan!
Aytish joizki, har bir narsa, OTMlardagi test jarayonlarini ham adolatli izga solish ham birdaniga bo‘lmaydi. Ammo bu borada davlat rahbariyati va hukumati tomonidan sezilarli ishlar qilina boshladi. Xususan, keyingi yildan test sinovlari onlayn ko‘rinishda bo‘lishi ehtimoli yuqori. Bu haqda 3 avgust kuni mamlakat ijodkor ziyolilari bilan uchrashgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
«Men o‘zim testga qarshiman. Test bo‘lsa ham kompyuterda topshiradi. O‘sha kuni bahosini olib ketadi. Natijani kutib yuradimi?», — dedi prezident.
Shunday ekan, keyingi yillardan Davlat test imtihonlarini topshirish jarayonlarida jiddiy ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishini kutsa bo‘ladi.
Tolib Rahmatov
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»