21:11 / 29.08.2020
781

Mashinasini qaytarib olish uchun qarzdor ota alimentni 1 kunda to‘ladi

Mashinasini qaytarib olish uchun qarzdor ota alimentni 1 kunda to‘ladi
Bu dunyoda turfa insonlar, turfa taqdirlar bor. Bir umrga baxtli yashashni niyat qilib turmush qurgan juftlik ajrashib ketadi. Bunga sabablar turlicha, ammo oilada erkak kishi otalik mas’uliyatini unutmasligi lozim.

Fuqaro G‘.Xurramov ham fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlararo sudining 19.06.2020 yildagi qaroriga asosan, da’vogar N.Aliqulova foydasiga bir nafar farzandi uchun aliment pullarini to‘lash belgilangan bo‘lsa-da, u ikki oy davomida bundan bo‘yin tovlab kelgan.

Byuroning Yakkabog‘ tuman bo‘limi davlat ijrochilarining ogohlantirishlariga qaramasdan qarzdorlik bartaraf etilmagach, joriy yilning 27 avgust kuni unga tegishli avtomashina xatlanib, jarima maydonchasiga olib borib qo‘yildi.

Buni qarangki, qarzdor shu kunning o‘zida aliment pullarini to‘lab, mashinasini olib ketdi.
Shunchaki achinamiz, xoos. Nahotki, o‘z farzandiga aliment to‘lashi uchun qandaydir choralar ko‘rishga majbur bo‘lamiz? Nahotki, jonsiz temir pushti kamaridan bo‘lgan farzandidan ustun?

Shamsiddin Maxammadiyev
MIB Yakkabog‘ tuman bo‘limi davlat ijrochisi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)