Mirobodda alimentchi otaga nisbatan chora ko‘rilib, qarzdorlik undirildi

1 daqiqa o'qish80
Mirobodda alimentchi otaga nisbatan chora ko‘rilib, qarzdorlik undirildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Mirobod tumanlararo sudining qaroriga ko‘ra, qarzdor B.G.
  • Ermatovdan bir nafar farzandi ta’minoti uchun oylik ish haqi va boshqa daromadlarining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan edi.
  • Qarzdor 2024 yil 1 dekabrdan 2026 yil 1 sentyabrgacha bo‘lgan davrda aliment majburiyatini bajarmasdan, 13 894 ming so‘m qarzdorlik yuzaga keltirgan.
  • Ushbu qarzdorlik sababli B.G.

Farzandning munosib ta’minoti va kelajagi uchun g‘amxo‘rlik qilish har bir ota-onaning eng muhim mas’uliyatlaridan biridir. Ayniqsa, aliment to‘lovlari farzandning kundalik ehtiyojlari, ta’lim-tarbiyasi va munosib sharoitda ulg‘ayishi uchun muhim ahamiyatga ega.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor B.G. Ermatovdan undiruvchi A.R. Ermatova foydasiga bir nafar farzandi ta’minoti uchun qarzdorning oylik ish haqi va boshqa daromadlarining 1/4 qismi miqdorida har oy aliment undirish belgilangan.

Biroq qarzdor 2024 yil 1 dekabrdan 2026 yil 1 sentyabrga qadar bo‘lgan davrda aliment majburiyatini bajarmasdan, farzandi ta’minoti uchun belgilangan mablag‘larni to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan. Natijada alimentdan 13 894 ming so‘m qarzdorlik yuzaga kelgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorga o‘z majburiyatini bajarish zarurligi bir necha bor tushuntirilganiga qaramay, aliment qarzdorligi bartaraf etilmagan.

Shu sababli qarzdorga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rilgan. Jumladan, jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining 2026 yil 10 sentyabrdagi qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 474-moddasiga muvofiq 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Farzand uchun to‘lanadigan aliment — shunchaki qarz emas. Bu farzandning bugungi ehtiyojlari va ertangi kelajagi uchun zarur bo‘lgan mablag‘dir. Shu bois har bir ota-ona o‘z farzandi oldidagi majburiyatini o‘z vaqtida va vijdonan bajarishi muhim.

Zero, farzand ta’minoti kechiktirilishi mumkin bo‘lgan majburiyat emas. Farzandning haqqi — o‘z vaqtida ta’minlanishi kerak.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?