6 261
Samarqandda odamlar ko‘z o‘ngida ayoli va uning «jazmani»ni o‘ldirgan erkakka hukm o‘qildi
Foto: Videolavhadan skrinshot
Samarqand shahridagi savdo do‘konlaridan birida mudhish qotillik ro‘y bergani haqida avval xabar berilgandi.
O‘tgan yilning 20 noyabr kuni kechki payt (soat 18.00 atrofida) Pastdarg‘om tumanida istiqomat qiluvchi M.A. (1978 yilda tug‘ilgan, tadbirkor) turmush o‘rtog‘i Sh.A. (1989 yilda tug‘ilgan) katta yo‘l chetida to‘xtagan «Nexia-3»ga chiqayotganini ko‘rib qoladi. Mashina boshqaruvida R.E. (31 yosh) ekanini bilgach, u va xotini o‘rtasida ishqiy munosabatlar borligi haqidagi mish-mishlarni eslab, yo‘lovchi mashinada kuzatishga tushadi.
Ayol va uning hamrohi Samarqand shahrining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi do‘konlarning biriga kirgach, u ham ichkariga yo‘l oladi. Natijada savdo do‘konida janjal ko‘taradi va shu yerda o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan har ikkisiga og‘ir jarohat yetkazadi. Yetkazilgan jarohatlar natijasida ayol ham, uning «jazmani» deb gumon qilingan erkak ham voqea joyida vafot etadi.
Mazkur ish yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari yakunlanib, ish sudda ko‘rib chiqildi. Samarqand viloyat sudi tomonidan qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etganlikda aybdor deb topilgan ushbu shaxsga 22 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi