Bolalarining janjali fojiaga aylandi: qo‘shnisini o‘ldirgan erkak 19 yilga qamaldi

Qarshi shahridagi “Arabxona” mahallasida farzandlari o‘rtasidagi kelishmovchilik sabab qo‘shnisini pichoqlab o‘ldirgan 34 yoshli erkakka sud hukmi o‘qildi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 2026 yil 28 iyun kuni soat 21:00 atrofida sodir bo‘lgan. 34 yoshli erkak va uning 39 yoshli qo‘shnisi o‘rtasida farzandlarining tortishuvi sabab janjal kelib chiqqan.
Ko‘chada davom etgan mojaro vaqtida erkak marhumning voyaga yetmagan jiyani ko‘z o‘ngida oshxona pichog‘i bilan qo‘shnisining ko‘krak va biqin qismiga bir necha marta zarba bergan.
Og‘ir tan jarohatlari olgan 39 yoshli erkak shifoxonaga olib ketilayotganida yo‘lda vafot etgan.
Sud hukmiga ko‘ra, qotillikni sodir etgan erkak 19 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…