Ukasi mag‘lub bo‘lganidan keyin musobaqada odam o‘ldirgan erkak 18 yilga qamaldi

Ukasi mag‘lub bo‘lganidan keyin musobaqada odam o‘ldirgan erkak 18 yilga qamaldi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Surxondaryo viloyatida kurash musobaqasi paytida ukasining mag‘lub bo‘lganidan jahl chiqqan Doston Jabborov Nizomiddin Cho‘tboyevni pichoqlab o‘ldirgani uchun 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
  • Doston Jabborov 2026 yil 9 may kuni Denov tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumi hududida o‘tkazilgan mus

Surxondaryo viloyatida kurash musobaqasi paytida Nizomiddin Cho‘tboyevni pichoqlab o‘ldirgan Doston Jabborov 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Fojia ukasining bellashuvda mag‘lub bo‘lganidan keyin boshlangan janjallar bilan bog‘liq. Bu haqda QALAMPIR.UZ sud hujjatlariga tayanib xabar berdi.

Sud materiallariga ko‘ra, 1997 yilda tug‘ilgan Doston Jabborov 2026 yil 9 may kuni Denov tumanidagi “Yangiariq” mahallasida joylashgan Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumi hududida o‘tkazilgan kurash musobaqasini tomosha qilishga borgan. Bellashuvda uning ukasi Bo‘stonbek Jabborov Ayubxon Hurramovga mag‘lub bo‘lgan. Bu holat Dostonning jahlini chiqargan va u musobaqa maydonini tark etgan.

Biroq keyinchalik u taksi haydovchisidan musobaqa hududida otasi Asl Xudoyqulov bilan Ayubxon Hurramovning otasi Nizomiddin Cho‘tboyev o‘rtasida tortishuv kelib chiqqanini eshitgan. Bu xabardan g‘azablangan Doston yaqindagi oziq-ovqat do‘konidan oshxona pichog‘ini olib, kurash maydoniga qaytgan.

U yerda Doston Jabborov Nizomiddin Cho‘tboyevga ikki nafar guvohning ko‘z o‘ngida to‘rt marta pichoq urgan. Atrofdagilar ularni ajratib olganiga qaramay, jabrlanuvchining hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan. Nizomiddin Cho‘tboyev Denov tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Mazkur jinoyat ishi 8 oktyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman sudida ko‘rib chiqilgan. Sud jarayonida Doston Jabborov o‘z aybiga iqror bo‘lgan.

Sud hukmi bilan u Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «j» va «l» bandlarida nazarda tutilgan qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Unga 18 yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilangan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar