10:36 / 22.03.2021
1 852

Qasddan odam o‘ldirganlik uchun javobgarlikka tortish yoshi o‘zgaradi

Qasddan odam o‘ldirganlik uchun javobgarlikka tortish yoshi o‘zgaradi
Prezidentning “Xotin-qizlar va bolalar huquqlarining kafolatlarini ta’minlash, qonuniy manfaatlarini himoya qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Xotin-qizlar va bolalar hayoti, sog‘lig‘i uchun paydo bo‘lgan xavfni bartaraf etish, tezkor chora-tadbirlar talab qiladigan hayotiy vaziyatlar yuz berganda xotin-qizlar va bolalar xavfsizligini ta’minlash, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar sodir etilishi barvaqt oldini olish, ayollar va bolalar o‘rtasida o‘z joniga suiqasd qilish holatlari oldini olish, o‘z joniga qasd qilish asl sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash, o‘z vaqtida ixtisoslashtirilgan yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rish maqsad qilingan.

Bosh prokuratura Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz bilan birgalikda Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga:
  • o‘zboshimchalik bilan jazolash maqsadida shaxsga zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish, urish, do‘pposlash, qiynash, azob berish yo‘li bilan yoki qonunga xilof boshqa harakatlar vositasida ruhiy, psixologik, jismoniy yoki boshqacha tarzda bosim o‘tkazish (samosud);
  • voyaga yetmaganlar jinsiy erkinligiga qarshi jinoyatlar, xususan, Jinoyat kodeksi 128- va 129-moddalari sanksiyalarini oshirish;
  • javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirganlik uchun javobgarlikka tortish yoshi 14 yosh etib belgilash;
  • o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar sodir etgan jinoyati uchun voyaga yetmagan shaxs jazoni o‘tab bo‘lganidan so‘ng sudlanmagan deb hisoblash;
  • voyaga yetmagan jabrlanuvchi yoki guvohni so‘roq qilishning umumiy davomiyligi kun davomida dam olish va ovqatlanish uchun bir soatlik tanaffusni hisobga olmaganda to‘rt soatdan oshmasligi;
  • voyaga yetmagan jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini so‘roq qilishda voyaga yetmagan shaxs yoki uning qonuniy vakili iltimosiga ko‘ra psixolog ishtirok etishi kabi normalar bilan to‘ldirishni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qasddan odam o‘ldirganlik uchun javobgarlikka tortish yoshi o‘zgaradi