2 347
Internet orqali behayo qiliqlar qilib, qizlarning sha’nini bulg‘agan navoiylik yigitlar qo‘lga olindi
Internet ijtimoiy tarmoqlarda sal avval ikki nafar fuqaro tomonidan behayo qiliqlar va so‘zlar orqali navoiylik xotin-qizlar sha’ni tilga olingan videolavhaga tarqaldi. Viloyat IIB tomonidan ushbu holatga rasmiy munosabat bildirdi.
"Xalqimiz azaldan ayollarni e’zozlab kelgan. Xotin-qizlarimizni hamda munis onajonlarning hurmati sha’ni va qadr qimmati har doim yuqorida bo‘lgan. Sal avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda betayin qiliqlar bilan ko‘pchilikning haqli e’tirozi va nafratiga sababchi bo‘lgan ikki yigit navoiylik qizlarning sha’nini bulg‘ashga uringan holati aks etgan videolavha tarqaldi.
Holatni zudlik bilan Ichki ishlar boshqarmasi o‘z nazoratiga oldi hamda gumonlanuvchi yigitlarning shaxsiga oydinlik kiritishga kirishishdi. Qisqa fursatlarda olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida mazkur fuqarolar Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi Sunnat Tojiyev hamda Behruz Bekpo‘latov ekanligi aniqlandi. Holat 8-aprelda tungi soat 22:00 larda tasvirga olingan.
Yigitlarning aytishicha, bu shunchaki hazil tariqasida olingan va ular qilgan ishidan chin dildan pushaymonligini bildirishib navoiylik barcha xotin qizlardan uzr so‘rashdi. Qaniydi birgina uzr bilan qilingan xatoni tuzatish imkoni bo‘lsa… Hozirda holat yuzasidan yig‘ilgan materiallar qonuniy chora ko‘rish maqsadida Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudiga yuborilgan.
Xalqimizda “Bitta tirraqi buzoq butun podani buzadi" degan ibora bekorga aytilmagan. O‘zining bema’ni chiqishlari bilan viloyat aholisini haqorat qilishga uringan bu fuqarolarning ham opasi, singlisi va yoki turmush o‘rtog‘i ham mazkur jamiyat a’zolari ekanini his qilishdimikan? Nima bo‘lganda ham ularning bu harakati qonunda belgilangan tartibda javobgarlikni keltirib chiqaradi. Sudning yakuniy xulosasi bo‘yicha keyinroq batafsil ma’lumot beramiz" deyiladi viloyat IIB axborot xizmati xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi