Farg‘onalik fuqaro U.A. (ismi-sharifi o‘zgartirilgan) muqaddam sodir etgan o‘g‘irlik jinoyatlari uchun besh marotaba sudlangan, oxirgi marotaba 2015 yilda sodir etgan o‘g‘irlik jinoyati uchun 6 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilingan.
Qizig‘i shundaki, sudlanuvchi U.A. faqatgina o‘g‘irlik jinoyatlari uchun sudlanib, jazoni ijro etish koloniyalarida ozodlikdan mahrum qilish jazolarini o‘tab kelgan, muqaddam terroristik tashkilotga aloqadorligi yoki tarafdori ekanligi aniqlanmagan, shuningdek, u 2019 yilda sud tomonidan o‘talmay qolgan ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinib, unga insonparvarlik tamoyili qo‘llangan.
Jinoyat ishi hujjatlariga hamda sudda aniqlangan holatlarga ko‘ra, U.A. 2018 yil noyabr oyidan 2019 yil yanvar oyiga qadar Navoiy shahridagi 11-sonli jazoni ijro etish koloniyasi turma uchastkasida jazo muddatini o‘tab keladi va jazoni o‘tash davomida, “Islom xalifaligi davlati” qurishni o‘z oldiga maqsad qiladi.
U.A. butun dunyoda, jumladan O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib borishi taqiqlangan “Hizb ut-Tahrir al-Islomiy” xalqaro terroristik tashkilotning g‘oyalarini qo‘llab, terroristik tashkilot g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan varaqalarni qo‘lyozma shaklida, matndagi ayrim so‘zlarni qisqartirgan holda tayyorlab, turma uchastkasidagi mahkumlarga tarqatadi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudi tomonidan 2021 yil 12 mart kuni U.A. ga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishi sud muhokamasida ko‘rib chiqildi va uning aybi sudda to‘liq tasdiqlandi.
Sud tomonidan U.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 159-moddasining 1-qismi va 244-1-moddasining 2-qismi bilan Jinoyat kodeksining 60-moddasi tartibida uzil-kesil 4 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi va jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi.
Avazjon Ibodov
Jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudining raisi
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudining raisi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat