Shirinlik janjalida vafot etgan 19 yoshli Madinaning jasadi qabrdan qazib olindi

Shirinlik janjalida vafot etgan 19 yoshli Madinaning jasadi qabrdan qazib olindi

Qozog‘istonning Jambil viloyatida sirli tarzda vafot etgan 19 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Madinaning jasadi qayta sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tkazish uchun qabrdan qazib olindi. Marhumaning yaqinlari dastlabki tekshiruv natijalariga shubha bildirgani sababli eksgumatsiya o‘tkazishni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Madina shirinlik sababli turmush o‘rtog‘i bilan yuzaga kelgan janjaldan keyin vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Uning o‘limi bilan bog‘liq holatlar hanuzgacha to‘liq oydinlashmagan.

Mahalliy jurnalist Jan Ahmadiyevning ma’lum qilishicha, eksgumatsiya 4 noyabr kuni jabrlanuvchi tomonning rasmiy iltimosnomasi asosida amalga oshirilgan. Marhumaning oilasi dastlabki ekspertiza xulosalariga rozi bo‘lmagan va ularning ishonchliligiga shubha bildirgan.

Shundan so‘ng Olmaota shahrida qayta komissiya sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Jasadni qabrdan chiqarish jarayoni politsiya xodimlari hamda tegishli soha mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilgan.

Jambil viloyati Politsiya departamenti ma’lumotiga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi, ya’ni o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.

Hozirda marhumaning turmush o‘rtog‘i ish doirasida himoyalanish huquqiga ega guvoh maqomida qolmoqda. Qayta ekspertiza natijalari Madinaning o‘limi bilan bog‘liq savollarga oydinlik kiritishi kutilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar