2 225
Saudiya Arabistoni O‘zbekiston fuqarolarini qator mutaxassisliklar bo‘yicha vaqtinchalik mehnat faoliyatiga jalb qiladi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi, “Engie Solutions KSA” tashkiloti vakillari ishtirokida video-konferens-aloqa shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga ko‘ra, unda Saudiya Arabistoniga O‘zbekiston fuqarolarini elektrotexnik, duradgor, mexanik, santexnik, konditsioner ustasi kabi mutaxassisliklar bo‘yicha vaqtinchalik mehnat faoliyatiga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda mamlakat fuqarolarining chet elda bandligini ta’minlash orqali ular daromadini oshirish maqsadida xorijiy davlatlar vakolatli tashkilotlari bilan muzokaralar olib borishga alohida e’tibor qaratilayotgani, natijada turli chet davlatlar, jumladan, Saudiya Arabistoni salohiyatli ish beruvchilari O‘zbekiston mehnat resurslariga qiziqish bildirayotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, uchrashuvda fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish va ishlash salohiyatini oshirish ishlarini olib borish yuzasidan fikr almashildi.
“Engie Solutions KSA” elektr energiyasi va tabiiy gaz ishlab chiqarish, uzatish va yetkazib berish, shuningdek, muqobil energiya manbalari sohasida faoliyat yurituvchi yirik tashkilotdir. “Engie Solutions KSA” dunyo bo‘ylab 130 mingdan ortiq ishchilarga ega bo‘lgan va shtab-kvartirasi Fransiya poytaxti Parij shahrida joylashgan “Engie Group” tashkilotining bir qismi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi