12:00 / 28.05.2021
2 217

Saudiya Arabistoni O‘zbekiston fuqarolarini qator mutaxassisliklar bo‘yicha vaqtinchalik mehnat faoliyatiga jalb qiladi


Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi, “Engie Solutions KSA” tashkiloti vakillari ishtirokida video-konferens-aloqa shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga ko‘ra, unda Saudiya Arabistoniga O‘zbekiston fuqarolarini elektrotexnik, duradgor, mexanik, santexnik, konditsioner ustasi kabi mutaxassisliklar bo‘yicha vaqtinchalik mehnat faoliyatiga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda mamlakat fuqarolarining chet elda bandligini ta’minlash orqali ular daromadini oshirish maqsadida xorijiy davlatlar vakolatli tashkilotlari bilan muzokaralar olib borishga alohida e’tibor qaratilayotgani, natijada turli chet davlatlar, jumladan, Saudiya Arabistoni salohiyatli ish beruvchilari O‘zbekiston mehnat resurslariga qiziqish bildirayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, uchrashuvda fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish va ishlash salohiyatini oshirish ishlarini olib borish yuzasidan fikr almashildi.
“Engie Solutions KSA” elektr energiyasi va tabiiy gaz ishlab chiqarish, uzatish va yetkazib berish, shuningdek, muqobil energiya manbalari sohasida faoliyat yurituvchi yirik tashkilotdir. “Engie Solutions KSA” dunyo bo‘ylab 130 mingdan ortiq ishchilarga ega bo‘lgan va shtab-kvartirasi Fransiya poytaxti Parij shahrida joylashgan “Engie Group” tashkilotining bir qismi hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Saudiya Arabistoni O‘zbekiston fuqarolarini qator mutaxassisliklar bo‘yicha vaqtinchalik mehnat faoliyatiga jalb qiladi