Oilaviy filmlar namoyishi paytida farzandlarimizga bolaligimiz qanday kechganligi haqida aytib berishimiz, dunyoning turli burchaklariga birgalikda nazar tashlashimiz va yuzlab juda muhim narsalarni muhokama qilishimiz mumkin.
«Tugamaydigan hikoya»
Germaniya, 1984 yil
Foto: «Noviy ochag»
10 yoshli Bastian sehrli kitob yordamida Omad ajdarhosi yoki Tezkor shilliqurt kabi g‘alati mavjudotlar yashaydigan Fantaziya mamlakatiga tushib qoladi. U bu dunyoni orzular amalga oshmaganda paydo bo‘ladigan mavjudot — dahshatli Hech narsadan qutqarishi kerak.
«Kichik Nikolya»
Fransiya, Belgiya, 2009 yil
Foto: «Noviy ochag»
Bolakay Nikolya, uning ota-onasi va maktab hayoti haqidagi ajoyib film. Kitobda tasvirlangan ko‘plab kulgili sahnalar va yorqin qahramonlar asosiy voqea atrofida rivojlanadi.
«Qanotlarni yoyib»
Fransiya, 2019 yil
Foto: «Noviy ochag»
Shaharlik o‘smir yozgi ta’tilni eksantrik ornitolog otasi bilan o‘tkazishga majbur bo‘ladi. Odatda eng zerikarli bo‘lishini va’da qilgan yoz qahramon hayotidagi asosiy davrga aylanadi: u o‘z kuchini sinab ko‘radi va dunyoni biroz bo‘lsa-da yaxshilaydi.
«Uyda yolg‘iz»
AQSH, 1990 yil
Foto: «Noviy ochag»
Katta oilaning ota-onalari ta’tilga ketib, uyda kenja farzandini tasodifan unutganliklari haqidagi hikoya bilan 90 yillarning avlodi o‘sib-ulg‘aygan. Kichkina Kevin bundan xafa bo‘lmaydi va tezda o‘zi uchun ko‘ngilxushlik o‘ylab topadi.
«Diqqat, toshbaqa!»
SSSR, 1969 yil
Foto: «Noviy ochag»
Ikki nafar birinchi sinf o‘quvchisi toshbaqa kosasi haqiqiy tank og‘irligiga bardosh bera oladimi yoki yo‘qmi, deb tirik burchakdan jonivorni oladi, uchinchisi esa ularni to‘xtatish uchun kasalxonadan qochadi. Ushbu film yordamida bobo va buvilar nabiralariga sovet davridagi bolaliklari haqida hikoya qiladilar.
«Garri Potter va hikmatlar toshi»
Buyuk Britaniya, 2001 yil
Foto: «Noviy ochag»
«Garri Potter»ni birdaniga hamma qismini yoki tomoshabin yoshi ulg‘aygan sari birin-ketin tomosha qilish mumkin. Filmdagi qahramonlar do‘stlari, oilasi, sevimli maktabi va ezgulik uchun kurashadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin