16:55 / 09.12.2023
535

Bir-birini suratga olish maydonchasida sevib qolgan turk seriallaridagi juftliklar

Bir-birini suratga olish maydonchasida sevib qolgan turk seriallaridagi juftliklar

Ba’zi kino juftliklari o‘z rollariga shunchalik berilib ketishadiki, suratga olish tugab, “Stop, olindi” buyrug‘idan keyin ajralishga tayyor emasliklarini tushunadi. Ularning hayotida yangi romantik bosqich boshlanadi, bu ba’zan oila qurish bilan tugaydi.

Berguzar Korel va Halit Ergench

 
Foto: Ijtimoiy tarmoq

Go‘zal Berguzar Korel Halit Ergench bilan “1001 kecha” serialida tanishgan. Filmda ular kelib chiqishi turli xil bo‘lgan erkak va ayol rollarini o‘ynashgan: Halit Ergench badavlat tadbirkor, Berguzar Korel esa bor kuchini ishiga va o‘g‘liga g‘amxo‘rlik qilishga bag‘ishlagan yolg‘iz ona. Ularning loyihadagi his-tuyg‘ulari asta-sekin hayotga ham ko‘chdi. Ko‘p o‘tmay, ommaviy axborot vositalari Korel va Ergenchni nafaqat filmdagi rollari, balki shaxsiy munosabatlar ham bog‘lab turganini yoza boshladi, ammo aktyorlar bularning hammasini rad etdi. Vaqt o‘tishi bilan bularning barchasi shunchaki bahona ekanligi ayon bo‘ldi.

Serial tugagandan so‘ng Halit darhol xotini bilan ajrashdi va Berguzarga uylandi. 2009-yilda turmush qurgan aktyorlar tez orada uch farzandning ota-onasi bo‘lishdi va barchaning nafratiga qaramay, mukammal uyg‘unlikda yashashni davom ettirishmoqda.

Fahriye Evjen va Burak O‘zchivit

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen ilk bor “Choliqushi” seriali kastingida tanishgan. O‘sha paytda ikkalasining ham tanlagan insoni bo‘lgan, shuning uchun bir-birlariga unchalik qiziqish bildirishmaydi.

2015-yilda taqdir ularni “Sevgi senga o‘xshaydi” melodramasida yana birlashtirdi. Bu vaqt ichida nimalar o‘zgargani ko‘pchilik muxlislar uchun haligacha sir bo‘lib qolmoqda, biroq to‘satdan O‘zchivit va Evjen uchrasha boshladi, ikki yildan so‘ng esa ular turmush qurishdi. Juftlik 2019-yilda Karan, 2023-yil yanvarida Kerem ismli o‘g‘illarning ota-onasiga aylandi. Burakning xiyonati va oiladagi jiddiy kelishmovchiliklar haqidagi doimiy mish-mishlarga qaramay, ular hammaga namuna bo‘lishda davom etmoqda.

Maryam Uzerli va O‘zan Gyuven

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Ushbu munosabatlarning boshlanish nuqtasi afsonaviy “Muhtasham yuz yil” loyihasiga borib taqaladi. Maryam sultonning sevimli kanizagi rolini o‘ynaydi, O‘zan esa avvaliga otboqar bo‘lib, keyin Sulaymonning kuyovi sifatida hukmron oilaga kiradi. Loyihadagi hamkasblari ularning tanaffus paytida gaplashayotganini tez-tez payqashadi, paparatssilar esa vaqti-vaqti bilan ularni kundalik hayotda ham birga suratga olishadi. Albatta, aktyorlar munosabatlarini ovoza qilmaydi.

Ko‘p o‘tmay, Uzerli farzand kutayotgani va shosha-pisha loyihani tark etgani ma’lum bo‘ldi. Odamlar bola kimdan ekan deb hayron bo‘lishayotganda, Maryam nihoyat sukunatni buzib, barcha mish-mishlarga nuqta qo‘ydi. Aktrisa tadbirkor Jan Ateshdan qiz kutayotganini tan oldi. O‘zan bilan esa faqat do‘st sifatida gaplashgan. Homiladorlik paytida aktyor Maryamning yonida bo‘lgan va unga faqat yaxshilikka umid qilishni o‘rgatgan. Aktyorning o‘zi hech qachon yulduz bilan bo‘lgan munosabatlarini izohlamagan. Faqat bir marta u shunchaki Maryamni keraksiz tashvishlardan himoya qilishga harakat qilganini aytadi.

Neslihan Atagul va Kadir Dog‘ulu

 
Foto: Ijtimoiy tarmoq

Aktyorlarni “Istanbulning ikki yuzi” seriali birlashtirdi. Vaqt o‘tishi bilan Kadir va Neslihan bir-birlarini yoqtirishlari ma’lum bo‘ldi. Juftlikni sayr va restoranlarda birga ko‘rishardi, ular baxtga shunchalik berilib ketishdiki, va nihoyat yashirinishni bas qilishdi.

2016-yilda Atagul va Dog‘ulu nikohini rasman qayd etdi. Aktrisaning homiladorligi haqida deyarli har oy mish-mishlar tarqalayotganiga qaramay, u hali onalikni birinchi o‘ringa qo‘ygani yo‘q. Hozirda uning uchun muhimroq narsa ishi — aktrisaning karyerasi juda tez va muvaffaqiyatli rivojlanmoqda.

O‘zge Gyurel va Serkan Chayog‘lu

Foto: Ijtimoiy tarmoq

“Olcha mavsumi” filmida Serkan Chayog‘lu va O‘zge Gyurel bir-birini ko‘rishi bilanoq endi ayro bo‘lolmasliklarini tushunishadi. Loyiha tugagandan so‘ng, yulduzlarning ajralishi haqida mish-mishlar tarqala boshladi.

Ma’lum bo‘lishicha, sevishganlar his-tuyg‘ularining haqiqiyligini sinab ko‘rishga qaror qilishgan va bir muncha vaqt muloqot qilishmagan. Tajriba bir necha oy davom etdi va bir narsa ma’lum bo‘ldi: ular endi bir-birisiz yashay olmaydi. 2018-yilda Serkan va O‘zge unashtirilganliklarini e’lon qilishdi va 2022-yilda qo‘shaloq to‘y qilishdi: birinchisi Germaniyada, Chayog‘luning qarindoshlari yashaydigan joyda, ikkinchisi esa romantik Veronada bo‘lib o‘tdi.

Birje Akalay va Murat Inalmish

Foto: Ijtimoiy tarmoq

“Osmon va Yer o‘rtasida” seriali sabab Birje Akalay va Murat Inalmish o‘rtasida his-tuyg‘ular paydo bo‘ldi. Ularning romantikasi yashin tezligida rivojlandi va aktyorlarning o‘zlari, ko‘plab hamkasblaridan farqli o‘laroq, munosabatlari haqida sukut saqlashni xayoliga ham keltirmadi. Ular ish kunlaridan tashqarida ham va hatto qizil gilamda ham ajralishmadi. Olti oy o‘tgach, juftlik to‘ylarini e’lon qilishdi, ular serial suratga olingan Kapadokiya yaqinidagi Urgupda nikohdan o‘tdi. Vaqt o‘tishi bilan ulardagi ishtiyoq soviy boshladi va avvalgi ishqiy munosabatlar cheksiz rashk bilan almashdi. Birje bir necha marta asabiy tushkunlikni boshdan kechirdi va bir yarim yildan keyin Muratni tark etdi.

Hande Erchel va Kerem Bursin

Foto: Ijtimoiy tarmoq

“Qalbim eshigini qoq” nafaqat butun dunyo tomoshabinlarining sevimli seriali, balki Kerem Bursin va Hande Erchel taqdirida ham burilish nuqtasi bo‘ldi. Serkan va Eda hikoyasi aktyorlarni bir zumda yulduzga aylantirib, ularga haqiqiy muhabbat imkoniyatini berdi.

2022-yil aprel oyida jurnal muqovasi uchun fotosessiya bahonasida bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarini oshkor qilishdi, ammo keyinroq jim turishni afzal bilishdi. Ammo muxlislar ularning shaxsiy hayotlarini minglab mish-mishlar bilan to‘ldira boshladi, paparatssilar ham buni isbotlashdan to‘xtagani yo‘q. Juftlikning birga bo‘lishlari haqidagi muxlislar umidi 2023-yilning bahorida chippakka chiqdi: sobiq sevishganlar ijtimoiy tarmoqlardagi birgalikda tushgan barcha fotosuratlarni o‘chirib tashlagach, ularning ajralishganini hamma tushundi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Bir-birini suratga olish maydonchasida sevib qolgan turk seriallaridagi juftliklar