Turk aktrisasi Hande Erchel 33 yoshni qarshi oldi (foto, video)

Turkiyalik mashhur aktrisa Hande Erchel 24 noyabr kuni 33 yoshni qarshi oldi. U tug‘ilgan kunini Instagram sahifasida e’lon qilgan suratlari va videolari orqali muxlislari bilan bo‘lishdi.
Aktrisa bayram munosabati bilan gullar bilan tushgan suratini sahifasiga joylashtirib, yangi yoshini qarshi oldi. Uning ushbu postiga qisqa vaqt ichida ko‘plab izohlar yozildi. Muxlislari Hande Erchelni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, unga baxt, sog‘lik va ijodiy muvaffaqiyatlar tilamoqda.
Hande Erchel 1993 yil 24 noyabr kuni Turkiyaning Bandirma shahrida tug‘ilgan. U Mimar Sinan nomidagi Nafis san’at universitetida an’anaviy turk san’ati yo‘nalishida tahsil olgan. 2012 yilda Ozarbayjonda o‘tkazilgan go‘zallik tanlovida qatnashib, ikkinchi o‘rinni egallagan.

Aktrisa keng muxlislar ommasiga, ayniqsa, «Quyosh qizlari» (Güneşin Kızları, 2015–2016) hamda «Sevgi so‘zlardan tushunmaydi» (Aşk Laftan Anlamaz, 2016–2017) seriallaridagi rollari orqali tanilgan. Keyinchalik «Eshigimni qoq» (Sen Çal Kapımı, 2020–2021) va «Boshqa inson» (Bambaşka Biri, 2023–2024) seriallarida ham suratga tushgan.

Hande Erchel 2024 yilda «Ishq mastligi» (Mevlana: Mest-i Aşk) tarixiy filmida, 2025 yilda esa «Shamolga qo‘yib yubor» (Rüzgara Bırak) romantik kartinasida rol ijro etgan. Ushbu film Netflix platformasida ham namoyish etilgan.
Siz Hande Erchelni qaysi film yoki serialdagi roli orqali tanigansiz? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring!
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
































Izohlar0
…