Hurram Sulton bu safar “Mo‘ynali mantoli Madonna” bo‘lib ekranlarga qaytadi!

“Muhtasham yuz yil” serialida Hurram Sulton obrazi bilan keng tanilgan aktrisa Maryam Uzerli yangi kinoloyihada bosh rolni ijro etadi. U turk adabiyotining mashhur asarlaridan biri — Sabahattin Alining “Mo‘ynali mantoli Madonna” romani asosida suratga olinadigan filmda Mariya Puder qiyofasida namoyon bo‘ladi.
1943 yilda chop etilgan romandagi Mariya Puder — erkin fikrlaydigan, ehtirosli va yolg‘izlikni boshdan kechirayotgan ayol. Filmda uning Raif afandi bilan kechgan murakkab va ta’sirchan muhabbat qissasi hikoya qilinadi.
Kartina Fikri Harika Production hamda Saçaklı Film Studios hamkorligida suratga olinadi. Rejissyorlikni Sedat Inji zimmasiga olgan bo‘lsa, ssenariy Mert Dikmen tomonidan yoziladi.
Film tasvirga olish ishlari Turkiya va Germaniyada, xususan, Berlindagi mashhur Babelsberg kinostudiyasida olib boriladi.
Hozircha Raif afandi obrazini qaysi aktyor ijro etishi noma’lum. Mazkur rol uchun nomzodlar bilan muzokaralar davom etmoqda.
Maryam Uzerlining yangi qiyofasi tomoshabinlarda qiziqish uyg‘otishi shubhasiz. Sizningcha, aktrisa Mariya Puder obrazini munosib gavdalantira oladimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…