Shakira va Eminem Qozog‘istonda konsert berishi kutilmoqda

Amerikalik reper Eminem hamda kolumbiyalik xonanda Shakira 2026 yilda Markaziy Osiyo turnesi doirasida Qozog‘istonda konsert berishi mumkinligi aytilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ularning chiqishlari Olmaota shahridagi Markaziy stadionda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Hozirda loyiha aniq sanalarni belgilash hamda tashkiliy-texnik masalalarni yakunlash bosqichida turibdi.
Shu bilan birga, 2026 yilda mazkur stadionda modernizatsiya ishlari ham amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Unda futbol maydoni va yengil atletika yo‘laklari yangilanishi ko‘zda tutilgan. Biroq ta’mirlash ishlari konsertlardan oldin yoki keyin bo‘lishi hozircha noma’lum.
Avval ham ushbu stadionda yirik tadbirlar tashkil etilishi infratuzilma va tashkiliy muammolar sabab tanqidlarga uchragan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!