Maftuna Xolmurodova Shakira bilan uchrashishi mumkin (video)

Xonanda Maftuna Xolmurodova Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan Shakira konsertiga borishi va mashhur yulduz bilan uchrashishi mumkinligini ma’lum qildi. San’atkor bu xabarni Instagram sahifasida muxlislari bilan bo‘lishdi.
Maftunaning aytishicha, avvalroq ko‘plab kuzatuvchilari undan Bishkekda bo‘lib o‘tadigan Shakira konsertiga borish-bormasligini so‘ragan. Xonanda Qirg‘izistonda esa uni hech kim tanimasligi mumkinligini o‘ylab, umidini uzganini aytdi.
Biroq keyinchalik Qirg‘izistondagi konsert tashkilotchilari unga kutilmagan taklif bilan chiqishgan. Ular Maftunani Shakira bilan uchrashtirishga yordam berishlarini aytishgan. Bundan tashqari, konsert chiptalari bilan shug‘ullanuvchilar ham unga chipta sovg‘a qilishlarini bildirishgan.
«O‘rtoqlar, men Shakira bilan ko‘rishishga ketyapman! To‘g‘risini aytsam, yaqinda Bishkekda konsert berishini eshitib, ko‘pchilik mendan “Konsertga borasizmi?” deb so‘ragandi. Qirg‘izistonda esa meni hech kim tanimasa kerak, deb umidimni uzgandim.
Bugun esa juda xursand bo‘ldim. Qirg‘izistondagi tashkilotchilar “Keling, sizni Shakiraning oldiga olib kiramiz”, deyishdi. Juda quvonib ketdim. Buning ustiga, chipta sotuvchilari ham “Sizga chipta sovg‘a qilamiz, konsertga kirasiz”, deyishdi. O‘rtoqlar, xursandchiligimning cheki yo‘q!» — dedi Maftuna Xolmurodova.






























Izohlar 0
…