Maftuna Xolmurodovaning Shakira bilan tushgan surati muxlislar e’tiborida (foto, video)

Xonanda Maftuna Xolmurodova 18 oktyabr kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahridagi «Bishkek Arena» stadionida bo‘lib o‘tgan Shakira konsertida ishtirok etdi. San’atkor o‘zining Instagram sahifasida jahon yulduzi bilan birga tushgan suratini e’lon qildi.
Kolumbiyalik mashhur xonanda Shakira Bishkekda «Las Mujeres Ya No Lloran World Tour» nomli jahon gastrol safari doirasida konsert berdi. Ushbu chiqish uning Markaziy Osiyodagi ilk konserti bo‘ldi.
Maftuna Xolmurodova Shakira bilan tushgan suratiga izoh qoldirar ekan, unga yana bir bor uchrashish istagini bildirdi.

«Shakira, biz yana ko‘rishamiz! Chunki hali orzuim amalga oshmadi», — deb yozdi xonanda.
San’atkorning bu so‘zlari uning Shakira bilan bog‘liq hali amalga oshmagan orzusi borligiga ishora qildi. Biroq Maftuna Xolmurodova aynan qanday orzuni nazarda tutganiga aniqlik kiritmagan.






























Izohlar 0
…